Germaniyada 13-Berlin xavfsizlik konferensiyasi o'tkazildi

Konferensiyada so’zga chiqqan Turkiya Harbiy Bosh shtab reja va prinsiplar bo’lim rahbari general-polkovnik Alparslan Erdog’an Turkiya mintaqadagi tahdidlarga qarshi o’zini himoya qiladigan kuchga ega ekanini ma’lum qildi.

137476
Germaniyada 13-Berlin xavfsizlik konferensiyasi o'tkazildi

Germaniyaning poytaxti Berlinda o’tkazilgan 13-Berlin xavfsizlik konferensiyasi o’z nihoyasiga yetdi.
Konferensiya yakunida ba’zi harbiy yo’nalishlarga yangi vazifalar va bunga doir harbiy ehtiyojlarga bag’ishlangan anjuman o’tkazildi.
Konferensiyada so’zga chiqqan Turkiya Harbiy Bosh shtab reja va prinsiplar bo’lim rahbari general-polkovnik Alparslan Erdog’an Turkiya mintaqadagi tahdidlarga qarshi o’zini himoya qiladigan kuchga ega ekanini ma’lum qildi.
Yuzaga kelgan qiyinchiliklarga qarshi kurashish uchun turk mudofaa sano’ati bilan hamkorlik yuritilganini bildirgan general-polkovnik Erdog’an ravnaq topgan mudofaa sano’ati Turk Qurolli Kuchlarining zamonaviylashiga ham o’z hissasini qo’shganini ma’lum qildi.
Turkiya bir qator koalitsion loyihalarga qo’shilganini bildirgan Erdog’an, ehtimoliy tahlikalar nazarda tutilib, kuchli mudofaa sistemasiga ega bo’lish zarurligiga e’tibor qaratdi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar