Eronda hujjatli fil’m festivali o’tkazilmoqda

Festivalning ochilish marosimida Eronda 1906 yildagi Konstitutsiya inqilobining ramzi, milliy qahramon Settar Xonning hayoti aks ettirilgan hujjatli fil'm namoyish qilindi.

210387
Eronda hujjatli fil’m festivali o’tkazilmoqda


Kecha Eronning poytaxti Tehronda 8-Xalqaro hujjatli fil’m festivali boshlandi.
Festivalning ochilish marosimida namoyish qilingan hujjatli fil’mda Eronda 1906 yildagi Konstitutsiya inqilobining ramzi, milliy qahramon Settar Xonning hayoti aks ettirilgan.
Bu yilgi festivalning milliy tanlov bo’limida 118, xalqaro tanlov bo’limida 30 bo’lib, jami 148 nafar hujjatli fil’m bellashadi.
Bundan tashqari, 170 ta Eron mahsuloti va 117 ta xorij mahsuloti bo’lgan hujjatli fil’mlar ham namoyish qilinadi.
Mazkur festival bir hafta davom etadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar