Mashhur turk sayyohi Piri Reisning hayoti sahnalashtirildi

Kuni kecha Mersin Madaniyat markazi opera sahnasida “Piri Reis” baletining dunyo premyerasi bo’lib o’tdi.

160733
Mashhur turk sayyohi Piri Reisning hayoti sahnalashtirildi

Dunyo bo’ylab mashhur turk sayyohi Piri Reisning hayoti sahnalashtirildi.
Kuni kecha Mersin Madaniyat markazi opera sahnasida “Piri Reis” baletining dunyo premyerasi bo’lib o’tdi.
Turk sayyohi Piri Reis asrlar oldin chizgan haritasi bilan dunyoda dovrug’ qozongan.
UNESCO “Haritaning 500 yilligi” munosabati bilan 2013 yilni “Piri Reisni hotirlash yili” deb e’lon qildi.
Mersin Davlat Opera va Balet teatri buyuk turk sayyohini yodga olish maqsadida “Piri Reis” nomli baletini namoyish qildi.
Piri Reis baleti turk sayyohning hayoti va ijodiga bag’ishlangan.
Mazkur balet namoyishi muhlislarga manzur bo’ldi.
Balet namoyishida Piri Reis timsolini aktyor Ender Uchdemir ijro etdi.
Asarning musiqasini Jan Atilla tayyorladi, so’zi va kareografiyasi esa Armag’an Davran bilan Volkan Ersoyga oid.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar