İzmirda 33-Ritmik Gimnastika Jahon chempionati o'tkazilmoqda

33-Ritmik Gimnastika Jahon chempionati musobaqalarida 58 davlatdan jami 328 sportchi bellashmoqda.

134431
İzmirda 33-Ritmik Gimnastika Jahon chempionati o'tkazilmoqda

İzmirda 33-Ritmik Gimnastika Jahon chempionati tantanali ochilish marosimi bilan boshlandi.
Turkiya Gimnastika Federatsiyasi Rahbari Suat Chelen Halkapinar sport zalida amalga oshirilgan ochilish marosimida so’zga chiqib, Turkiyada gimnastika bo’yicha ilk marta jahon chempionati o’tkazilayotganini bildirdi.
Marosimda hakam, trener va sportchilar qoidalarga to’la amal qilishga qasamyod qildi.
Ochilish marosimiga İzmir xokimi Mustafa Toprak, Buyuk shahar xokim o’rinbosari Sirri Aydog’an, Xalqaro Gimnastika Federatsiyasi rahbari Slava Korn ham ishtirok etdi.
Chempionat musobaqalarida 58 davlatdan jami 328 sportchi bellashadi.
Turkiyadan 9 sportchi bilan 4 trener ishtirok etgan chempionatning final musobaqalari 28 sentyabr kuni o’tkaziladi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar