İstanbulda Tatariston Madaniyat ko'rgazmasi ochildi

“2014 Turk dunyosi Madaniyat poytaxti Qozon” nomli fotosurat ko’rgazmasini 30 sentyabrgacha İstanbuldagi Dolmabahche san’at galereyasida tomosha qilishingiz mumkin.

385974
İstanbulda Tatariston Madaniyat ko'rgazmasi ochildi

Kuni kecha Tataristonning Qozon shahrining madaniyati va urf-odatlari asosida fotosurat ko’rgazmasi ochildi.
İstanbulda ochilgan ko’rgazmada Qozon shahrining barcha o’ziga xos xususiyatlari keng tanitildi.
Ma’lum bo’lgani kabi, Qozon shahri 2014 yil turk dunyosi tomonidan “Madaniyat poytaxti” deb e’lon qilingan edi.
Xalqaro Turk Madaniyat tashkiloti tomonidan ochilgan ko’rgazmada fotosurat san’atchilarining 100 asari namoyish qilindi.
Ko’rgazmada Tatariston xalqining an’analari, urf-odatlari, folklor o’yinlari va liboslari, Kreml va Suyumbike minorasi, qadimiy ko’chalari va zamonaviy maydonlari o’rin oldi.
Qozon haqidagi bir qancha hikoyalar fotosuratlarda o’z aksini topdi.
Ko’rgazmada ijro etilgan Tatariston folklor o’yinlari barchaga manzur bo’ldi.
Tatariston Madaniyat vaziri Ayrat Sibagatullin ko’rgazma ochilishida so’zga chiqib, “Bu ko’rgazma Turkiy Respublikalarning fotosuratchilari tomonidan Qozonni va Tataristonni anglatgan rasm ko’rgazmasi hisoblanadi. Ba’zi narsalarni biz o’zimiz farqiga bormagan ekanmiz, u yerda yashashimizga qaramasdan bilmagan narsalarimizni bu ko’rgazma yordamida ko’rib turibmiz”-dedi.
“2014 Turk dunyosi Madaniyat poytaxti Qozon” nomli fotosurat ko’rgazmasini 30 sentyabrgacha İstanbuldagi Dolmabahche san’at galereyasida tomosha qilishingiz mumkin.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar