Papa Francisco motamda...

Katolik dunyosining diniy yetakchisi Papa Francisconing jiyani avtohalokat natijasida oilasidan ajralib qoldi.

97362
Papa Francisco motamda...

Papa Francisning motam kuni…
Katolik dunyosining diniy yetakchisi Papa Francisning yaqin qarindoshlaridan 3 nafari avtohalokatda nobud bo’ldi.
Avtohalokat paytida mashinani boshqargan Papaning jiyani Emanuel Bergoglio og’ir shikastlanar ekan, rafiqasi bilan 2 farzandi hayotdan ko’z yumdi.
Papa Francis Janubiy Koreya ziyoratini yakunlab Vatikanga qaytayotgan paytda bu qora xabardan voqif bo’ldi.
Dam olishdan qaytayotgan Francisconing jiyani Emanuel Bergoglio boshqarayotgan yengil mashina Cordoba yaqinlarida qarshi tomondan kelayotgan mashina bilan to’qnashib ketgan.
Bergoglioning rafiqasi bilan 2 farzandi avtohalokat paytida jon berdi.
Farzandlaridan biri 2 yoshda va keyingisi 8 oylik chaqaloq edi.
Papaning 2010 yilda vafot etgan ukasi Albertoning o’g’li bo’lgan Bergoglioning ahvoli og’ir ekanligi aytilmoqda.
Tajjublanarlisi shuki, Papa bu xabarni olmasdan oldin samolyotda muhbirlarning savollariga javob berar ekan, keksayib qolganini va faqatgina 2-3 yilgina umri qolganini aytgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar