Taniqli yozuvchi Chingiz Aytmatov Eskishehirda yodga olindi

Kecha “Chingiz Aytmatov” nomidagi Bilim markazida Chingiz Aytmatov vafotiga 6 yil to’lganligi munosabati bilan hotira marosimi o'tkazildi.

92097
Taniqli yozuvchi Chingiz Aytmatov Eskishehirda yodga olindi

Taniqli qirg’iz yozuvchi Chingiz Aytmatov vafotiga 6 yil to’lganligi munosabati bilan Eskishehirda yodga olindi.
Kecha “Chingiz Aytmatov” nomidagi Bilim markazida Ertug’rulgazi turkman jamiyatlari federatsiyasi tomonidan uyushtirilgan hotira marosimiga yozuvchining o’g’li Askar Aytmatov bilan Federatsiya rahbari Oral Buyuksari qatnashdi.
Askar Aytmatov marosimda so’zga chiqib, hotira marosimi otasining nomi berilgan Bilim markazida o’tkazilganidan baxtiyor ekanligini tilga oldi.
Turk dunyosining mushtarak adibi bo’lgan Chingiz Aytmatov Qirg’izistonda bo’lgani kabi, Turkiyada ham ardoqlanganini, kitoblari muhlislari tomonidan sevib muta’ola qilinganini aytib o’tgan Askar Aytmatov, “Asarlari kitobxonlar tomonidan yodga olinar ekan, u yonimizda mangu barxayotdir. Bugun ham Aytmatovning ruhi barchamizning yonimizda va bu marosimdadir. Uning ruhi turk millatiga, qirg’iz millatiga, butun turk olamiga madadkor bo’lsin. İnson qadriyatlari azaldan bo’lgani kabi, kelgusida ham abadiy bo’lib qolsin”-dedi.
Marosimga Eskishehirda yashagan qirg’izlar ham ishtirok etdi.
Marosimdan so’ng Askar Aytmatov bilan Federatsiya rahbari Oral Buyuksari qirg’iz chodirini va Chingiz Aytmatovning asarlari namoyish qilingan Bilim markazidagi muzeyni tomosha qildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar