"Birjan va Sara" operasi 5-Xalqaro İstanbul Opera Festivalida...

Operani turkiy davlatlardan qator teatr aktyorlari ishtirokida Samsun Davlat opera va balet san’atkorlari ijro etadi.

89168
"Birjan va Sara" operasi 5-Xalqaro İstanbul Opera Festivalida...

Xalqaro Turk madaniyat tashkiloti TURKSOY tomonidan qilingan yozma izohga ko’ra, qozoq bastakor Mukan Tolebayevning “Birjan va Sara” operasi 13 iyun kuni 5-Xalqaro İstanbul Opera Festivalida namoyish qilinadi.
Opera asari 16 iyun kuni 53-Xalqaro Bursa festivalida, 18 iyun kuni 2013 Turk dunyosi madaniyat poytaxti Eskishehirda, 20 iyun kuni esa, poytaxt Ankaradagi teatr sahnalarida namoyish qilinadi.
So’zi Kajim Jumaliyevga tegishli bo’lgan asarni dirijiyor Tolga Tavish boshqaradi.
Operani turkiy davlatlardan qator teatr aktyorlari ishtirokida Samsun Davlat opera va balet san’atkorlari ijro etadi.
Turk dunyosiga tegishli ko’plab mushtarak asarlarni sahnalashtirgan rejissiyor Prof.Dr Eflatun Niemetzade boshchiligidagi loyiha tarkibida Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Bashkiriya, Tatariston va Turkiyadan ko’plab san’atkorlar o’rin olmoqda.
Mazkur loyiha doirasida bundan oldin “Go’rog’lu” va “Alpomish” dostoni ham sahnalashtirilgan edi.
Qozog’istonning madaniyat va san’at motivlarini o’z ichiga olgan, bastalangan kundan beri butun dunyoda Qozog’iston operasini dunyoga tanitgan “Birjan va Sara” operasi Turkiyada birinchi marta o’tgan yili Mukan Tolebayev yili doirasida tomoshabinlarga havola qilingan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar