Bugun Turkiyada Jumhuriyat bayrami keng nishonlanmoqda

Anitkabirdagi marosimga Turkiya prezidenti R.T.Erdog’an, Turkiya Oliy majlis raisi Jemil Chichek, Bosh vazir Ahmet Davutog’lu, Harbiy Bosh shtab raisi general Nejdet O’zel va boshqa ko’plab siyosatchilar ishtirok etdi.

173592
Bugun Turkiyada Jumhuriyat bayrami keng nishonlanmoqda

Bugun Turkiyada 29 oktyabr Jumhuriyat bayrami keng nishonlanmoqda.
Turkiya Respublikasi tashkil topganiga 91 yil to’lgani munosabati bilan butun mamlakat bo’ylab turli marosimlar, bayram dasturlari o’tkazilmoqda.
Davlat arboblari bayramni poytaxt Ankarada nishonlamoqda.
Ankarada 29 oktyabr Jumhuriyat bayrami marosimlari dastlab Anitkabirda o’tkazildi.
Anitkabirdagi marosimga Turkiya prezidenti R.T.Erdog’an, Turkiya Oliy majlis raisi Jemil Chichek, Bosh vazir Ahmet Davutog’lu, Harbiy Bosh shtab raisi general Nejdet O’zel, JHP muholifat partiyasi rahbari Kemal Kilichdarog’lu, Davlat vazirlari, Qurolli Kuchlar komondonlari hamda ko’plab siyosatchilar ishtirok etdi.
Davlat arboblari Turkiya Respublikasining asoschisi Ulug’ dohiy Mustafo Kamol Otaturk mavzoleyiga gulchambar qo’ydi.
So’ngra xurmat ma’nosida sukut saqlandi va İstiqlol gimni chalindi.
Prezident Erdog’an boshchiligidagi davlat arboblari so’ngra Misak-i Milli minorasiga o’tdi.
Erdog’an u yerdagi Anitkabir maxsus daftariga o’z his-tuyg’ularini yozib qoldirdi.
Anitkabirdagi rasmiy marosimlar yakunlangach, xalqning ziyoratiga ruxsat berildi.
Anitkabirdan Beshtepadagi Prezidentlik saroyiga jo’nab ketgan Prezident Erdog’an u yerda tabriklarni qabul qildi.
Ushbu bayram munosabati bilan Otaturk madaniyat markazida ham parad namoyishi o’tkazilmoqda.
Karamanda yuz bergan fojia va 18 ishchining oqibati tufayli barcha o’yin kulgi va dam olish dasturlari bekor qilindi.
Turkiya prezidenti R.T.Erdog’an ham kechki payt Prezidentlik saroyida Jumhuriyat bayrami munosabati bilan beriladigan rasmiy ziyofatni bekor qildi.
Erdog’an bugun Bosh vazir Davutog’luning ortidan Karamandagi ma’dan koniga borib rasman tekshiruv o’tkazadi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar