Kun tahlili-05

SETA tashkilotining tashqi siyosat bo’yicha vakili Jan Ajunning mavzu haqidagi mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

2096361
Kun tahlili-05

                                 

Iroq, Suriya va Iordaniya chorrahasidagi strategik hududda joylashgan AQShning “Tower 22” harbiy bazasi kamikadze dronlarining nishoniga aylandi va kamida 3 nafar amerikalik askar halok bo‘ldi va 35 nafar askari yaralandi. Amerika Qo'shma Shtatlarini larzaga solgan bu hujumning javobgari Iroqdagi shia jangarilar ishtirokida tuzilgan Islomiy qarshilik tuzilmasi ekani ma’lum bo’ldi. Bayden bu hujumdan keyin jangarilarga qarshi qanday javob berishga ikkilanayotgan bo'lsa-da, Yaqin Sharqda AQSh-Eron va ularning ittifoqdoshlari ishtirokida yirik urush boshlanadimi degan savol paydo bo’lmoqda.

7 oktyabr kuni boshlangan Isroilning G'azodagi hujumlariga qarshi Eron va uning ishonchli hamkorlari tomonidan olib borilgan to'qnashuvlar voqealarning mintaqaviy urushga aylanib ketishidan xavotir uyg'otmoqda. Biroq, Eronda Hizbulloh va boshqa iroqlik shia guruhlar mojarolarni yanada nazorat ostida davom ettirishga imkon berdi. Ular hatto Isroilning provokatsion harakatlariga vaqti-vaqti bilan “strategik sabr” bilan javob berishni afzal ko'rdilar. Bundan istisno sifatida Yamandagi Ansorulloh harakati va husiylarni ko‘rsatish mumkin. Bu jarayonda AQSh ham Buyuk Britaniya ko'magida Yamanga qarshi havo amaliyotlarini o’tkaza  boshladi.

Biroq, so‘nggi voqealar va AQSh harbiy bazalarining Iroq, Suriya va Iordaniya chorrahasida nishonga aylangani yangi to’qnashuvlar uchqunini keltirib chiqarishi mumkin.  Avvallari ham Iroq-Suriya hududidagi AQSh bazalariga 200 ga yaqin hujum uyushtirilgandi, biroq bular asosan ramziy hujumlar va faqat AQShni qiyin ahvolga solib qoʻyish maqsadida sodir etilgan kuch namoyishlari edi, hozir esa amerikalik askarlar bevosita oʻldirilgan. 

Albatta, bundan keyingi jarayon va bu mojarolarning bundan buyon qanday shakllanishiga Bayden qaror beradi.

AQSh jamoatchiligi, ayniqsa respublikachilar Eronga to'g'ridan-to'g'ri zarba berish haqida  bosim o’tkazmoqda. Biroq, Eron bilan urush boshlashga qaror qilish saylov arafasida bo’lgan  mamlakatda oson ish emas. Bu butun Yaqin Sharq va, albatta, AQSh va uning ittifoqchilari manfaatlariga tahdid soladigan katta yong'inga olib kelishi mumkin.

Bayden ehtimol, yana ham cheklangan hukm variantlarini ko'rib chiqmoqda, bu shaklda juda qo’rqoq bo'lib ko'rinmasdan jamoatchilikka qandaydir tasalli bergan bo’ladi, ayni vaqtda, Eronga qarshi choralarni ko'rgan bo’ladi. Eronga aloqador unsurlar va ularning ishonchli vakillari Iroq va Suriyadagi havo operatsiyalarining nishoniga aylanishi ehtimoldan holi emas.

Shu sababli, hozircha katta urush ehtimoli katta emas. Biroq, Isroilning G'azoga qarshi hujumlari davom etar ekan, Yaqin Sharqda hech kim tinch-totuv yashay olmaydi. Bu holat AQSh va uning ittifoqchilari uchun ham taalluqlidir.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh

Aloqador xabarlar