Kun tahlili 55- qism

SURIYADA STATUS-KVO BO'LMAYDI Suriyadagi maydon bir muncha vaqt nisbatan tinch bo'lsa-da, so'nggi haftalarda isinishni boshladi.

2037818
Kun tahlili 55- qism

 

SURIYADA STATUS-KVO BO'LMAYDI

 Suriyadagi maydon bir muncha vaqt nisbatan tinch bo'lsa-da, so'nggi haftalarda isinishni boshladi. Birinchidan, Asad rejimi nazorati ostidagi hududlarda, ayniqsa Suvayda mintaqasida ketma-ket namoyishlar boshlandi. Keyin Rejim kuchlari va Rus havo kuchlari Idlibda bombardimonlar uyushtirar ekan, Dayr ez-Zor hududidagi arab qabilalari PKK/YPGga qarshi isyon bayrog'ini ko'tardi.Bu voqealarning barchasi mamlakatdagi mavjud status-kvo barqaror emasligining so‘nggi belgilari edi.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha fikr va mulohozasini  taqdim etamiz...

Suriya oxirgi oylarda bir tomondan Turkiyaning ta'siri ostidagi muxolif hududlar, boshqa tomondan Rossiya va Eronning dastaklari bilan Rejim nazorati ostidagi hududlar nisbatan tinch davrni boshidan kechirmoqda va AQSH homiyligida mavjud boʻlgan PKK/YPG terror tashkilotiga tegishli hududlar. Mamlakatda bu barcha kuchlar nazorati ostidagi status-kvo qiyofasi hukmronlik qila boshlagan edi.

Turkiya keng qamrovli harbiy amaliyotlarini to'xtatgan edi, Rejim muxolifatni nishonga olmagan holda suvda qolishga harakat qilar ekan, PKK/YPG esa AQSh nazarida o'z ahamiyatini oshirish uchun harakat qilib, siyosiy yutuqlarga erishishga harakat qilmoqda edi. Biroq voqealar birin-ketin ro‘y bera boshladi, bunda biz hozirgi dinamika mamlakat demografiyasi, sotsiologiyasi va soha voqeliklariga to‘g‘ri kelmasligiga yana bir bor guvoh bo‘ldik.

Birinchidan, rejim mintaqalarida jiddiy namoyishlar bo'la boshladi va vaqti-vaqti bilan Damashq, Dera va Latakiyada ham paydo bo'lgan bu namoyishlarning markazi Suvayda hududi bo'ldi. Suriya funtining dahshatli qulashi bilan birga druzlar ozchiliklari yashaydigan mintaqada iqtisodiy muammolarning kuchayishi,Hatto oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid soladigan darajaga yetgach, odamlar ko'chaga chiqib, uyushgan holda namoyishga chiqishdi.

Infratuzilma va ustki tuzilmalar katta miqyosda shikastlangan va ularni yangilab bo'lmaydigan bo'lsa-da, energiya va oziq-ovqat ta'minoti xavfsizligini ta'minlab bo'lmaydi. Ishlayotgan ekotizim endi mavjud emas deb aytish mumkin.

  Rejimga aloqador harbiy unsurlar tomonidan keng miqyosda giyohvand moddalar ishlab chiqarish va kontrabanda boshqariladi.Livan va Ukrainada davom etayotgan iqtisodiy qiyinchiliklar Rossiyaning Suriya rejimiga bosimni yanada kuchaytirmoqda.

  Bunday tenglamada rejim, Idlibni nishonga olib, harbiy to'qnashuvlar bilan kun tartibini o'zgartirishga va uning mavjudligini va bo'layotgan voqealarni hamon tahdid deb hisoblagan holda qonuniylashtirishga harakat qilmoqda.

Bu doirada rejimga sodiq kuchlar va Rossiya havo kuchlari Idlibni bombalay boshlaganini, muxolif kuchlar esa kontakt liniyalarida qarshi hujumlar bilan javob berishga harakat qilganini ko’rdik.Ayniqsa, Jebel Zaviya hududida shiddatli to‘qnashuvlar va qarshi hujumlar sodir bo‘ldi. Keyin Dayr-az-Zorda qabilalar qo'zg'oloni ko'tarildi.

Dayr-az-Zor jiddiy energiya resurslariga ega shahar. Hudud Suriya inqilobi bilan muxolifat nazoratiga o‘tgan va keyinchalik uzoq vaqt DEASh tomonidan ishg‘ol qilingan.

  Shahar oxirgi marta PKKning Suriyadagi davomi YPG va unga aloqador ba'zi arab unsurlar tomonidan AQShning havo va quruqlik yordami bilan qo'lga kiritilgan edi.

  Deyr az-Zor hozirda PKK/YPG, SDF va uning muxtor Harbiy Kengashi nazorati ostida.PKK mintaqada o'rnatishga harakat qilgan terror davlati chegaralari ichida ham edi.

  Gap sotsiologik jihatdan oʻz qabilalarining nazorati ostida boʻlgan va qattiq insoniy tipologiyaga ega boʻlgan arab-sunniy hududi haqida bormoqda.

  Shaharda Abid, Kulayin, Shammar, Zubeyd, Duleym, Jabur, Tayy, Ebu Saraya va El Rifai qabilalari, xususan, Akaydat va Bekkara kabilar mavjud.

Shahar Damashqdan 450 km, Turkiyadan 200 km uzoqlikda joylashgan.

To'qnashuvda har ikki tomondan ko'p odam hayotdan ko'z yumgan bo'lsa, Turkiya ta'siri ostidagi mintaqalarda yashovchi tegishli qabila a'zolari ham jarayonni qo'llab-quvvatlab, PKK/YPGga qarshi hujumlar uyushtirdi. Aytish mumkinki, AQSh nisbatan jim bo'lib, taraf olishdan ko'ra vositachilik rolini o'ynashga harakat qildi. PKK/YPGning qarshi harbiy harakatlari va AQShning vositachilik roli bilan vaziyat tinchlana boshlaganga o'xshaydi.

  Oxir oqibat, PKK/YPGga aloqador unsurlar hozircha qabila kuchlarini bostirganini aytish mumkin. Biroq muzokaralarda PKK/YPGning Dayr ez-Zor kabi mintaqalardagi qabilaviy tuzilmalarga ko'proq muxtoriyat berish borasida yon bergani ko'rinmoqda.Yana bir narsani ta'kidlab o'tish kerakki, PKK/YPGning AQSh tomonidan berilgan barcha yordamlarga qaramay oxirgi isyoni.PKK/YPGning mintaqada barqaror tizim qura olmasligini va buning oldidagi eng katta to'siq demografiya ekanligini yana bir bor ko'rsatdi

Oqibatda Suriyadagi soxta bahor birdan yiqilib, yana nizolar, ijtimoiy voqealar boshlanganiga guvoh bo‘ldik. Mamlakatdagi etnik va mazhabviy tuzilmalarga mos keladigan, demografik va sotsiologik voqeliklarga mos siyosiy tizim va tartib oʻrnatilmasdan turib Suriyada tinchlik va barqarorlikka erishish mumkin emasdek koʻrinadi. Afsuski, hozir mamlakat kelajagi haqida optimistik bashorat qilishning iloji yo‘q.

 Biz SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha bahosini taqdim etdik ...


Tanlangan kalimalar: #Urush , #Rossiya , #AQSh , #Turkiya , #STATUS-KVO , #Suriya

Aloqador xabarlar