Kun tahlili-15

SETAning Tashqi siyosat bo’yicha mutahassisi Jan AJUNning mavzu bo'yicha mulohazalarini e’tiboringizga havola etamiz.

1916753
Kun tahlili-15

 

Suriyada yangi quruqlikdagi harbiy amaliyot haqida gap ketayotgan bir paytda Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashi nafaqat butun mamlakat bo’ylab, balki chegara ortida ham qizg’in davom etmoqda. Bir tomondan FETO unsurlariga qarshi kurash, ikkinchi tomondan qurolli terror tashkiloti PKK va uning safdoshlariga qarshi kurash olib borilmoqda. Ayniqsa, Iroq va Suriyada Turk armiyasi va Milliy razvedka tashkiloti PKKga katta bosim o'tkazmoqda. Biroq, Yaqin Sharq tenglamasida ba'zi mintaqaviy va global kuchlar hanuzgacha terror tashkilotlaridan o’z manfaati yo’lida foydalanishga harakat qilmoqda.

Turkiya murakkab mintaqada otash halqasida barqarorligini saqlab buyuk davlat bo'lish uchun kurashar ekan, oxirgi yillarda tashlagan qadamlari bilan global kuch bo'lish yo'lida peshqadamlik bilan olg'a siljimoqda.

Ayniqsa, AK Partiya hukumati davrida Turkiya tashqi siyosatda toʻliq mustaqillikni birinchi oʻringa qoʻygan siyosatini davom ettirib, oʻzini global kuchlar oʻrtasida muvozanatlashuvchi omil sifatida koʻrsatmoqda. Xususan, Ukrainadagi urush natijasida yuzaga kelgan geosiyosiy ta’sir bu vaziyatni yanada kuchaytirdi. Biroq, bu jarayon davomida Turkiya ham katta qiyinchiliklarga duch keldi.

11-sentyabr xurujlari, AQShning Afg’oniston va Iroqni ishg’ol qilishi, DEASH kabi terror tashkilotlarining mintaqaviy tartibsizlikdan foydalanib ko’rishi va albatta PKK, FETO kabi terror tashkilotlarini Turkiyaga qarshi qo’llash harakatlari mamlakat oldida belgilovchi omillar sifatida ko’ndalang turibdi.. Ayniqsa, Yaqin Sharq va Turkiyaning ichki qismi bo‘lgan yaqin jug‘rofiyadagi buyuk kuchlar kurashi doirasida Turkiyani tenglamadan siqib chiqarmoqchi bo‘lgan kuchlar PKK va FETO terror tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlab, ularni vositalashtirib, ulardan qurol sifatida foydalangan..

Shu doirada, FETO tomonidan amalga oshirilmoqchi bo‘lgan 15-iyul davlat to‘ntaruv tashabbusining asosiy maqsadi; Turkiyaning yangi tashqi siyosatiga qarama-qarshi deb ko'rilgan va hazm qilib bo'lmaydigan tarzda teskari yo'l tutishi, Suriyada yo'qdan yaratilmoqchi bo'lgan terror davlatiga aralashuvning oldini olish ekanligi aniq bir haqiqatdir.

To’ntaruv tashabbusi oldidan PKK tomonidan xandaq tashabbusi qilingan va bu terror voqealarida yuzlab insonlar hayotdan ko’z yumgan.

Yana bu jarayonda DEASH va PKK terror tashkilotlari bir vaqtning o'zida terror hujumlarini uyushtira boshladi va to'ntarish uchun zamin tayyorlashga harakat qildi. Turkiyaning ko'plab yirik shaharlarida tinch aholi nishonga olindi va etnik xalq va mazhablarga oid insonlarni qo'zg'atuvchi strategiya amalga oshirildi. Biroq, to'ntaruv tashabbusidan keyin xavfsizlik byurokratiyasining FETOdan tozalanishi va ta'sirli choralar ko'rilgani bilan terror tashkilotlarining faoliyati katta darajada bartaraf etildi.

Turkiyaning 15 iyuldan keyin yangi xavfsizlik paradigmasini qurish orqali Suriyada yirik transchegaraviy harbiy operatsiyani boshlashi yuqorida tilga olingan harakatlarga javobdir. Shu nuqtai nazardan, 15-iyul bizning oldimizda katta voqea sifatida turibdi. FETOning, ayniqsa, xavfsizlik byurokratiyasida kirib kelgan strategik muassasalardan tozalanishi ham, PKK/YPG terror tashkilotlariga qarshi faol kurash olib borilishi, Turkiyani global kuchga aylantiradigan siyosatning hal qiluvchi paradigmasi sifatida oldimizda turibdi.

Prezident Erdo'g'anning kuchli siyosiy rahbarligida kun sayin professional tuzilmaga aylanib borayotgan Turk Qurolli Kuchlari (TSK), ichki ishlar vazirligi va Milliy razvedka tashkiloti (MIT) inson resurslari va texnikasi jihatidan kuchliroq, mamlakat miqyosida ham, chegarada ham terrorizmga qarshi kurash muvaffaqiyatli olib borilmoqda.

Har tomonlama rivojlanayotgan Turkiya mudofaa sanoati o'zini bir-birini to'ldiruvchi element sifatida ko'rsatmoqda.

“Firat qalqoni” operatsiyasi bilan boshlanib, “Zaytun novdasi” va “Tinchlik rejasi” amaliyotlari bilan davom etgan Suriya amaliyotlarida endi yangi qadam arafasida turibmiz.

Turkiya Suriyadan kelib chiqqan va milliy xavfsizligiga tahdid solayotgan PKK/YPGga qarshi keng qamrovli quruqlik amaliyotiga tayyorgarlik ko'rmoqda. PKK/YPGni quruqlikda himoya qilayotgan rossiyalik va amerikalik hamkasblari bilan muzokaralar davom etayotgan bo'lsa-da, Turkiya PKK/YPGni mintaqadan tozalashga qat'iy bel bog’ladi. Ayniqsa, Tel Rifat, Manbij va Ayn al-Arab ko'zga ko'ringan mintaqalar sifatida ko'rilmoqda.

Qolaversa, Furot sharqidagi Haseki kabi mintaqalar nishonga olinadi. Turkiya 900 kilometrlik Suriya chegara chizig'i bo'ylab xavfsiz bufer zona qurishga qaror qildi.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Turkiya

Aloqador xabarlar