Kun tahlili-11

Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETA ning Tashqi siyosat bo’yicha xodimi tadqiqotchi Jan AJUNning Rossiya-Ukraina urushi bo'yicha mulohazalarini taqdim etamiz.

1905087
Kun tahlili-11

 

Rossiyaning bosqinchilik tashabbusi bilan boshlangan Rossiya-Ukraina urushi jadal sur'atlar bilan davom etar ekan, tomonlar taxminan ming kilometrlik aloqa chizig'ida bir-birlarini nishonga olishda davom etmoqda.

Biroq, Ukraina armiyasining Xarkovni qo'lga kiritishi natijasida yaratilgan sur'at, ayniqsa so'nggi haftalarda, ruslar tomonidan muvozanatlangan ko'rinadi. Ayniqsa, Rossiya qo'mondoni Sergey Surovikin Ukraina urushiga rahbarlik qilgan Birlashgan Harbiy Kuchlar Qo'mondonligiga tayinlanganidan so'ng, Rossiyaning Suriyadagi vayron qilish taktikalarining bir qismini Ukraina urushiga o'tkazishi samarali bo'ldi.

 

Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETA ning Tashqi siyosat bo’yicha xodimi tadqiqotchi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha mulohazalarini taqdim etamiz.

 

Ukraina maydonidagi urush to'qqiz oydan beri davom etar ekan, urush ruslar uchun yaxshi ketmoqda, deb bo'lmaydi.

Yashin operatsiyasi bilan Kiyevni egallash maqsadidan an'anaviy bosqinchilik urinishlari oxir-oqibat qo'lga kiritilgan yerlarni himoya qilish harakatlariga qaytdi. Ayniqsa, Xarkovdagi katta vayronagarchilik Ukraina armiyasi qo'liga o'tish tezligini oshirdi va ruslarning ruhiy holati pasayib ketdi. Qisqa vaqt ichida Xersonning ham qo’ldan boy berishi haqida gap ketmoqda. Biroq, Putin oxir-oqibat muhim qadam tashladi, urushni boshqargan qo'mondonni va qo'llaniladigan strategiyani o'zgartirdi. 

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada jang qilayotgan qo‘shinlarni o‘z ichiga olgan “Birlashgan harbiy kuchlar qo‘mondonligi”ga o‘zgartirish kiritdi. Rossiya harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Sergey Surovikin Ukrainada jang qilayotgan qo‘shinlarning yangi qo‘mondoni etib tayinlandi. Surovikin 1990-yillarda Tojikiston va Chechenistondagi mojarolarda qatnashgan boʻlsa-da, Suriyada haqiqiy shuhrat qozongan. 

Rossiya 2015-yil sentyabrda fuqarolar urushiga bevosita aralashdi va Suriya prezidenti Bashar Asadni hokimiyatdan ag‘darilishdan saqlab qoldi. Ruslar Suriyada DEASH terror tashkilotiga qarshi kurash bo’yicha urushda qatnashganligini e’lon qilgan bo’lsalar ham, umuman olganda muxolifatni nishonga oldilar. Sergey Surovikin Suriyadagi Rossiya havo qo'mondoni etib tayinlandi va "kuygan yer" deb nomlangan kuchli bombardimon yo'li bilan yo'q qilish strategiyasini amalga oshirdi, buning asosiy maqsadi dushmanni barcha infratuzilmani vayron qilish orqali taslim bo'lishga majburlash yoki harbiy g'alabaga erishish edi. Suriyadagi minglab tinch aholi ushbu havo bombardimonlarida hayotdan ko'z yumdi.

Suriyadagi missiyasidan so‘ng Surovikin 2017-yil noyabrida Rossiya havo-kosmik korpusining rahbari bo‘ldi. Endi u Ukraina urushining asosiy qo'mondoniga aylandi. Bu qarorni Checheniston rahbari Ramazon Qodirov va Rossiyada joylashgan “Vagner” guruhi yollanma kompaniyasi asoschisi Yevgeni Prigojin ham olqishladi.

Surovikin tayinlanganidan keyin Rossiyaning urush strategiyasi oʻzgara boshladi, boshqariladigan raketalar va kamikadze dronlari birinchi navbatda Ukraina infratuzilmasini nishonga olish uchun faol qo’llanildi, Ukraina elektr infratuzilmasining kamida 30 foizi hujumlar natijasida vayron boʻldi, deyiladi Zelenskiy bayonotida.

Bu strategiya Ukraina armiyasining frontdagi jadalligini ham buzdi, bir tomondan zahiradagi askarlarning frontga koʻchirilishi ruslarning inson resurslari boʻyicha qoʻlini mustahkamladi, shu bilan birga front orqasidagi infratuzilmani nishonga olib, Ukraina askarlarini ruhiy tushkunlikka tushirdi.

Va nihoyat, Surovikinning tayinlanishi va amalga oshirilgan yangi strategiya bilan ruslar o'zlarining eski tartibsiz ko'rinishidan xalos bo'lishni boshladilar.

Rus armiyasi hamon mudofaa holatida bo'lsa-da, kamida Xersonda va boshqa ming kmlik liniyada yaxshiroq qarshilik ko'rsata boshladi. Biroq, umuman olganda, ruslarning zayiflashishi davom etmoqda. Ayniqsa, G'arb davlatlari tomonidan taqdim etilgan qurol tizimlari oldida ruslarning o'z texnikalarini bir xil tezlikda almashtirish qobiliyati zaifroq ko'rinadi. Yana qish oylari kelishi bilan har ikki tomon uchun ham qiyinroq davr boshlandi desak mubolag’a bo’lmaydi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar