Türkiye va Shanhay Hamkorlik Tashkiloti

Kun tahlili - 04

1883426
Türkiye va Shanhay Hamkorlik Tashkiloti

Prezident Erdo‘g‘anning o‘tgan hafta O‘zbekistonning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida ishtirok etishi, Türkiye tashqi siyosatidagi yangi bahslarga sabab bo‘ldi. Covid-19 pandemiyasidan keyin birinchi marotaba yuzma-yuz uyushtirilgan ushbu sammitning, ayniqsa, Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi harbiy harakat boshlatishidan keyin amalga oshirilishi; Türkiyening ham bu yig‘ilishda ilk bor Prezident yetakchilik qilgan hay’at bilan ishtirok etishi bir necha jihatdan muhimdir.

Türkiye NATOga aʼzo va Yevropa ittifoqi tarkibiga kirish uchun nomzodlik maqomiga ega boʻlgan davlatlardan biri boʻlishi va tashkilotning Gʻarbga qarshi iqtisodiy tuzilma sifatida qabul qilinishi tabiiy olaroq Türkiyening bu tashkilot ichida o‘rin olishini tortishuvli mavzuga aylantirmoqda. Prezident Erdo‘g‘anning, “Türkiyening tashkilotga a’zo bo‘lish niyati bor edi”, -degan so‘zlari ham bu bahslarni yanada muhimroq qilmoqda. Xo‘sh, Türkiye ShHTni haqiqatdan ham G‘arbga qarshi “muqobil” variant deb o‘ylaydimi? Bu savolga to‘liq “ha” deb javob berish juda qiyin.

Türkiyening ShHTga aʼzo boʻlishni istashiga koʻp sabablar bor. Ta’kidlanishi kerak boʻlgan xususlardan biri shundaki, bu istak yangi istak emasdir. Türkiye tomonidan 2019-yili e’lon qilingan “Yana Osiyo” tashabbusi, Türkiyening tashqi siyosatidagi yangi izlanishning bir qismi sifatida koʻrilmoqda. Nomi tilga olingan shiorning ikkita muhim zamini bor. Ulardan biri, Türkiye takror Osiyoga ochilish orqali mintaqadagi davlatlar bilan oʻzaro munosabatlarini rivojlantirishni xohlaydi.

Shu doirada Türkiye iqtisodiy sohada mintaqa bilan aloqalarini faollashtirib, mintaqa davlatlari bilan mavjud savdo hajmini oshirmoqchi. Bu orqali Türkiye eksportini orttirib, iqtisodiy oʻsishini barqarorlashtirishni xohlaydi. Ikkinchisi esa, Türkiye mintaqadagi tashkilotlar bilan aloqada boʻlishni istaydi. Turk Davlatlari Tashkilotining institutsionalizatsiya yoʻlida qadam tashlab, hukumatlararo rasmiy tashkilotga aylantirilishi, Türkiyening “Yana Osiyo” tashabbusining bir qismi sifatida qabul qilinishi kerak. ShHT ham shu nuqtai nazardan qoʻlga olinishi losim. Chunki Türkiye, uzoq vaqtdan beri Xitoy tomonidan yoʻlga qoʻyilayotgan “Bir makon, bir yoʻl” deb nomlangan loyihasi doirasida “Oʻrta yoʻlakda”, geosiyosiy jihatdan markazda joylashmoqda va bu ham Türkiyening ShHTdagi rolini yanada muhimroq qilmoqda.

Türkiyening ShHT tarkibiga kirish istagi masalasida ta’kidlanishi kerak boʻlgan boshqa husus esa, Türkiyening xavfsiz muhitining oxirgi yillarda keng qamrovli oʻzgarishlarni boshidan kechirayotgani bilan bogʻliqdir. Türkiye bilan Gretsiya oʻrtasida borgan sari avj olib borayotgan taranglik, AQSh bilan Yevropaning Gretsiyani qoʻllab-quvvatlashi, AQShning Kiprning grek qismiga nisbatan yoʻlga qoʻygan qurol embargosini bekor qilishi va AQShning Gretsiyadagi harbiy bazalari Türkiye tashvishlarini kuchaytirmoqda.

Boshqa tomondan, AQShning Suriyadagi PKK/YPG terror tashkiloti bilan oʻrnatgan aloqalari va umuman olib qaraganda Suriyadagi vaziyat, Türkiyening janubiy chegarasini xavf ostiga qoʻymoqda. Bu nuqtada Gʻarb tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlanmasligi, Türkiyeni oʻylantirmoqda. Ukrainada davom etayotgan urush ham Türkiyening Qora dengiz xavfsizligi jihatidan muhimdir.

Ozarbayjon - Armaniston oʻrtasidagi taranglik va urush xavfi hisobga olinsa unda Türkiyening xavfsizlik muhiti ancha tahlikada ekanini koʻrish mumkin. Bunga Iroq va Sharqiy Oʻrta yer dengizi ilova etilsa unda Türkiyening ShHT doirasida, a’zo davlatlar bilan yaxshi munosabatlar oʻrnatishi nihoyatda muhimdir. Albatta, tashkilotga a’zo boʻlish Türkiyening milliy xavfsizlik muammolarini toʻgʻridan-toʻgʻri hal qilish uchun asos boʻla olmaydı ammo, G‘arb bilan boʻlgan munosabatlarining yana-da yomonlashishi ehtimoli oldida, xalqaro siyosatdagi muvozanatni saqlash Türkiye jihatidan alohida oʻringa egadir. 

Türkiyening Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bilan bogʻliq bayonotlarida e’tiborga olinishi kerak boʻlgan yana bir masala esa, Türkiyening xalqaro tizimning oʻzgargani haqidagi fikridir. Ayniqsa, global pandemiya paytida yanada yaqqol koʻzga tashlangan bu fikr, xalqaro tizimda kuchning Gʻarbdan Osiyo tomon siljib borayotganidan dalolat bermoqda.  

Türkiye ham yuqorida qayd etilgan jarayonga yaxshiroq tayyorgarlik koʻrish uchun Osiyo geosiyosatida rol oʻynashni istamoqda. Türkiye, ham mavjud tashqi siyosat masalalarida ham da ortib borayotgan geosiyosiy ahamiyati bilan Osiyo qit’asida samarali kuchga aylana oladi.  Shanxay Hamkorlik Tashkiloti ham ushbu faoliyatni namoyish eta olishi uchun muhim platforma sifatida koʻrilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, yuqorida qayd etilgan uchala xusus ham Türkiyening ShHTni Gʻarb bilan boʻlgan munosabatlariga alternativ yoki muqobil variant emas, aksincha mavjud munosabatlarini toʻligʻlovchi sifatida qaramoqda. Shuningdek, ShHT, Türkiyening tashqi siyosatidagi oʻlchovni kengaytirish degan ma’noni anglatmoqdadir. Ustiga-ustak ShHT, na Yevropa ittifoqi kabi siyosiy-iqtisodiy tashkilot na NATO kabi mudofaa tashkiloti. Shu bois ham Türkiyening ShHT orqali Gʻarbdan uzoqlashib, yoʻlini, manzili oʻzgartirdi deyish toʻgʻri emas.

Professor doktor Murat Yeshiltash

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan SETA fondining Xavfsizlik masalalari ustidan ilmiy ishlar yuritgan bo‘lim rahbari.



Aloqador xabarlar