Kun tahlili 45- qism

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi davom etar ekan, urush global oziq-ovqat xavfsizligi tahdidiga aylandi va ko'plab muhim geosiyosiy oqibatlarga olib keldi.

1853506
Kun tahlili 45- qism

 

Turkiyaning oziq-ovqat diplomatiyasi

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi davom etar ekan, urush global oziq-ovqat xavfsizligi tahdidiga aylandi va ko'plab muhim geosiyosiy oqibatlarga olib keldi. Dunyoning ikki yirik don va urugʻ ishlab chiqaruvchisi boʻlgan Rossiya va Ukraina urush va sanksiyalar tufayli bozorlarga yetarli mahsulot ishlab chiqara olmayotgan boʻlsa, oziq-ovqat tovarlari narxlari tez surʼatda oshib, ayniqsa, rivojlanmagan va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun jiddiy oziq-ovqat muammolari yuzaga keldi. Turkiya esa global oziq-ovqat inqirozining oldini olish uchun shiddatli diplomatiya olib bormoqda. Qora dengizda xavfsiz koridor ochib, mintaqadagi portlarda kutayotgan donning jahon bozorlariga chiqishini ta’minlashga harakat qilmoqda.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha fikr va mulohozasini  taqdim etamiz...

 Turkiya, Rossiya-Ukraina urushi tufayli yuzaga kelgan global oziq-ovqat inqirozini hal qilish uchun jadal diplomatiya olib bormoqda. Rossiya-Ukraina urushining boshidan beri tinchlik uchun ko'p tomonlama diplomatiya olib borgan Turkiya, urush sabab bo'lgan global oziq-ovqat muammosini hal qilish uchun qadam tashladi. Turkiya, Ukrainadagi don zahiralarining jahon bozorlariga xavfsiz yetib borishini ta'minlash uchun mexanizm yaratishga harakat qilmoqda. Prezident Erdo’g’an hamkasbi Putin bilan bu mavzuni ko’p marta muhokama qilgan bo’lsa, Turkiya va Rossiya delegatsiyalari ham turli muzokaralar olib bormoqda. Turkiya, ayniqsa, Odessa porti atrofida minalardan tozalash va xavfsiz koridor ochish uchun texnik vositalaridan foydalanishga tayyorligini ma’lum qildi.

Umuman olganda, Ukraina urushi davom etar ekan, dunyo global oziq-ovqat xavfsizligi inqiroziga yuz tutayotgandek. Zero, dunyoning 26 davlati bug‘doy importining kamida yarmini Rossiya va Ukrainadan amalga oshiradi. Ukraina va Rossiya jahon bug'doy, makkajo'xori, moyli o'simliklar va o'g'it eksportining juda muhim qismini tashkil etuvchi qishloq xo'jaligining qudratli davlatlari hisoblanadi. Ikki davlat koʻplab muhim don va yogʻli oʻsimliklar, asosan, bugʻdoy 34,1 foiz, arpa 26,8 foiz, kungaboqar 23,9 foiz va makkajoʻxori 17,4 foiz eksport qiluvchi beshtalik qatoridan joy olgan. Ukraina, shuningdek, kungaboqar yog'ining muhim manbai bo'lib, jahon bozorining qariyb 49,6 foizini ta'minlaydi. Rossiyani birgalikda hisoblasak, bu ko'rsatkich 72,7% gacha ko'tariladi.

Ko'pgina import qiluvchi davlatlar ushbu mahsulotlarga Ukraina va Rossiyadan qaram. Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq g'allaga bo'lgan ehtiyojining 50 foizdan ortig'ini, bug'doy va arpaning katta qismini Ukraina va Rossiyadan import qiladi. Ukraina ko'plab Shimoliy Afrika bozorlari, jumladan Misr va Liviya, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Xitoy uchun muhim yetkazib beruvchi hisoblanadi. Biroq, hozirgi vaqtda mahsulot yetkazib berishda jiddiy muammo mavjud bo'lsa-da, oziq-ovqat tovarlari narxi oshgan.

Ukrainaning eng yirik dengiz portlari Odessa viloyatida joylashgan bo‘lsa-da, hozirda davom etayotgan urush va dengizdagi minalar tufayli portlar yopiq. Rossiya hujum qilgan Ukrainaning Qora dengizida muhim ahamiyatga ega bo'lgan Odessa portlarida millionlab tonna g'alla eksportni kutmoqda.

Turkiya Rossiya va Ukraina bilan shartnoma tuzib, bu portlardagi mavjud donlarning jahon bozorlariga chiqishi va yangi hosilning ham xuddi shunday xavfsiz koridorlar orqali eksport qilinishini ta’minlashga harakat qilmoqda. Biroq hozircha bu borada jiddiy muvaffaqiyatga erishilmagan. Ruslar bunday kelishuvning asosi uchun ularga kiritilgan sanksiyalarni olib tashlash talabini alohida ilgari surdilar. Bu yondashuv unchalik real emasligi aniq.

 Biz SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha fikr mulohozasini taqdim etdik.1



Aloqador xabarlar