Kun tahlili - 78

Peshmerga-PKK oʻrtasidagi hokimiyat uchun kurash Suriyani ham oʻz ichiga torta boshladi.

1664862
Kun tahlili - 78

Turkiyaning Iroq shimolida jadal tus olgan harbiy amaliyotlari ortidan boshlagan Peshmerga-PKK mojarosi vaqti-vaqti bilan davom etar ekan, tomonlar oʻrtasidagi hokimiyat uchun kurash Suriyani ham oʻz ichiga torta boshladi. PYD/ YPG terror tashkilotining liderlari ekani iddio etilganlarning KDPni nishonga olgan bayonotlari bilan bir qatorda KDP rahbarlari ham PYD/ YPG terror tashkilotining PKKning Suriyadagi qanoti ekanini ta’kidlagan holda qasos olishga uringandi. Endilikda Fishxabur/ Semalke chegara darvozasi ham yopildi, PYD/ YPGning Arbil vakillari nazorat ostiga olindi. K24ning Suriyada PKK terror tashkiloti mintaqasidagi ofislari bekitildi.

Turkiya PKK terror tashkilotiga qarshi Iroq shimolida boshlatgan yirik harbiy amaliyotlarini davom ettirar ekan, Milliy Razvedka Tashkiloti esa muhim amaliyotlari orqali  tashkilotning yuqori darajadagi a’zolari va sohadagi qoʻmondonlarini yoʻq qilish ishlari yuritmoqda. Turkiyaning jadal tus olgan harbiy bosimiga, Peshmerganing sohada logistik jihatdan yordam berishi bilan tashkilot haligacha nazorat qilgan mintaqalarda izolyatsiya qilinar ekan, strategik muammoga duch kelgan vaziyatda. Bunga qarshi tashkilot vahimaga tushib,  Peshmerga kuchlariga qarshi hujum qilmoqda. Bir tomondan KJK yetakchiligi KDPni nishonga olgan ogʻir bayonotlar berar ekan ikkinchi tomondan yana PKKni qoʻllaganlar bilan unga aloqador nodavlat notijorat tashkilotlari va siyosiy unsurlarni safarbar qilish orqali KDPga qarshi bosim muhiti yaratishga harakat qilinmoqda. Nihoyat, Yevropada uyushtirilgan unsurlar mintaqaga kelib, PKK uchun jonli qalqon rolini bajarishga harakat qildilar, ammo Iroqdagi Kurd mintaqaviy ma’muriyati bu unsurlarni uzoqlashtirgan holda (deportatsiya qilish orqali) bu tashabbusni ham monelik qildi.

KDP bilan terror tashkiloti PKK oʻrtasida davom etayotgan ushbu hokimiyat uchun kurashning Suriyani ham jalb qilishi oldindan kutilayotgan vaziyat edi. Ilgari bir guruh YPG a’zolari chegara chizigʻidagi Peshmergaga oid bir politsiya uchastkasiga qarshi hujum qilib, uni qisqa vaqtga egallab olgandi. Yana KDPga yaqin boʻlgan Kurd Milliy kengashining (ENKS) byuro va ofislari yoqib yuborilar ekan buning ortida PKKning yoshlar qanoti borligi aniqlangandi. Biroq, hozirda mojaro va hokimiyat uchun kurash avj olayotgan bir paytda, ikki mintaqani toʻgʻridan-toʻgʻri bir - biriga bogʻlagan Fishxabur/ Semalka chegara darvozasi yopildi. Bundan tashqari, PYD/ YPGning Iroq Kurd mintaqaviy ma’muriyati vakillari boʻlgan shaxslar Arbilda nazorat ostiga olinib, hibsga olindi. PYD/ YPG esa bunga javoban Iroq Kurd mintaqaviy ma’muriyati media organi K24 ofislarini yopib, uning axborotlashish faoliyatiga monelik qildi. Bundan tashqari Qamishli, Ayn al-Arab kabi mintaqalarda terror tashkiloti PKKni qoʻllab-quvvatlovchi va KDPni qoralagan koʻplab kichik namoyishlar uyushtirildi.

Peshmerga va PKK terror tashkiloti oʻrtasida yuz bergan toʻqnashuv va hokimiyat uchun kurashga Suriyada PYD/ YPGning aralasha boshlashi, bu tuzilishning ochiq - oydin Suriyadagi PKKning qanoti va tashkilotlashishi ekanini koʻrsatar ekan Iroq Kurd mintaqaviy ma’muriyati va KDPda PKKga qarshi kurashning Suriya sohasini ham oʻz ichiga olishi kerakligini yana bir bor koʻrsatgan boʻldi. KDP yetakchiligining Iroq Kurd mintaqaviy ma’muriyati ichidagi  zaiflikdan foydalangan holda, mintaqada saraton kasalligidek tarqagan terror tashkilotiga qarshi kurash uchun Turk Qurolli kuchlarining harbiy harakatlarini va terror ustidagi bosimni bir imkon deb topishlari lozim.  KDP va Peshmerga bundan buyon toʻgʻridan - toʻgʻri harbiy harakatlarda ishtirok etib, Turkiyani qoʻllab - quvvatlashi lozim. Chunki terror tashkilotidan qutilish uchun tarixiy imkon qoʻlga kiritildi. Bu imkondan foydalanmasa unda bu terror tashkiloti bilan yuzlashishga va uning evazini to’lashni davom etadi.

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan SETA fondining Tashqi siyosat boyicha ish olib borgan vakili Jan Ajunning, mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 


Tanlangan kalimalar: #TQK , #Suriya , #Peshmerga-PKK

Aloqador xabarlar