Kun tahlili - 76

PKKning peshmergaga qarshi hujum uyushtirishi nima degan ma’noni anglatadi?

1655765
Kun tahlili - 76

Turkiya Iroq shimolida terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirgan bir paytda, PKK terror tashkilotining to‘g‘ridan - to‘g‘ri Iroq shimolidagi Kurd mintaqaviy hukumatining harbiy kuchi peshmergani nishonga ola boshlagani kuzatildi. Uyushtirilgan oxirgi hujumlarida 7 nafar peshmerga halok bo‘lar ekan, ko‘pchilik ham tan jarohati oldi. Shu bois ham IKMHda hozirda PKK terror tashkilotiga qarshi katta g‘azab uyg‘ondi.

Oxirgi vaqtlarda Iroq shimolidagi Kurd mintaqaviy hukumatining harbiy kuchi peshmergalar bilan PKK terror tashkiloti o‘rtasida ortgan taranglik, vaqti - vaqti bilan to‘qnashuvlarga aylanar ekan, PKKning Duxokning Amadiy mintaqasida peshmergaga qarashli zeravoniy kuchlariga qarshi qo‘l urgan hujumlari orqali battar avj oldi. Oxirgi terror hujmida 6 nafar peshmerga halok bo‘lar ekan, ko‘pchilik peshmerga tan jarohati oldi. Kamiga boshqa tomonda ham 1 nafar peshmerga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘ldi. Bu hujumlar natijasidagi og‘ir yo‘qotishlar barcha IKMHda katta g‘azab uyg‘otdi va bunga qarshi PKK, o‘zining bu voqeaga to‘g‘ridan - to‘g‘ri aloqasi yo‘qligini iddio etmoqda.  

PKK terror tashkiloti mavzu haqida bergan bayonotida, Metinada hududlariga kirishga uringan peshmergani ogohlantirganliklari lekin hujumga qo‘l urmaganliklarini ta’kidlamoqda. Ammo barcha ko‘rsatmalar PKKning peshmerga kuchlarini nishonga olganini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Zotan, IKMH rasmiylari Bosh vazir Barzoniy bosh bo‘lish bilan birga to‘g‘ridan - to‘g‘ri va keskin ravishda PKKni aybladilar.

Darhaqiqat, biroz orqaga nazar tashlagudek bo‘lsak unda asta - sekin ushbu eskalatsiyaning kelayotgani ko‘rish mumkin. Turkiyaning Iroq shimolida PKKga qarshi ortgan amaliyotlari va PKKni chegara liniyasidan ortga haydovchi darajada shaxdam qadamlar bilan ilgarilashi shuningdek Xaftanin, Avashin - Basyan, Metina kabi mintaqalarda soha ustunligini tashkil etgan holda joylashishi, bu jarayonda peshmerganing ham TQKni ma’lum darajada qo‘llab - quvvatlashi PKKni qiyin ahvolda qoldirgandi. Tashkilot og‘ir yo‘qotishlar berishdan tashqari nazorat ostiga olgan mintaqalarda ham qurshab olina boshladi. Va hatto logistik chiziqlarini qo‘ldan boy berish arafasida. Shu nuqtai nazardan, ochiq - oydin peshmergani ham nishonga olgan holda mintaqadagi o‘rnini saqlab qolishga intilmoqda.

Oxir oqibat, terror tashkiloti mintaqadagi xaosdan foydalanib bir necha sohani amalda nazorat ostiga oldi va Iroq shimolidagi Kurd mintaqaviy hukumatini ham tan olmay harakat qilayotgandi. To‘g‘ridan - to‘g‘ri 700 dan ortiq qishloq PKK nazoratida. Bu vaziyat IKMHning ayniqsa, KDP hazm qila olmaydigan holat. Biroq, TQKning mintaqada PKKni astoydil nishonga olishi ham KDPga bir imkon berdi va nihoyat ularni sal bo‘lsa ham PKKga qarshi choralar ko‘rishga undadi.

Bundan keyingi davrda peshmerga - PKK kurashining yana - da kuchayishini, bu vaziyatning esa Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashiga yordam berishini aytishimiz mumkin.

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan SETA fondining Tashqi siyosat boyicha ish olib borgan vakili Jan Ajunning, “PKKning peshmergaga qarshi hujum uyushtirishi nima degan ma’noni anglatadi?” degan savolga javob qidirgan mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: #TQK , #IKMH , #peshmerga , #PKK terror tashkiloti

Aloqador xabarlar