AQShning Xitoy siyosati

Kun tahlili - 66

1613577
AQShning Xitoy siyosati

Xitoyni eng muhim strategik raqib deb hisoblagan AQSh, Amerika ustunligining Xitoy yo‘liga g‘ov bo‘layotganini yaxshi biladi. Lekin Obama davrida asos solingan va Xitoyni muvozanatlash maqsadida tatbiq etilgan "Osiyo pivoti" strategiyasining aniq qanday amalga oshirilishi to‘g‘risida muhim savollar mavjud. Bayden ma'muriyatining Xitoyni cheklash va muvozanatlashni strategik maqsad sifatida davom etayotgani ammo ushbu strategiya usullarida farqlar bo‘lishi anglashilmoqda. Bilinken va Ostinning Yaponiya va Janubiy Koreyaga bo‘lgan tashrifi bilan Ostinning Hindistonga tashriflari Xitoyga nisbatan tashlanadigan qadamlarning eng ko‘zga ko‘ringan tomonlarini tashkil etmoqda. Birinchi maqsad an'anaviy ittifoqchilik aloqalarini mustahkamlash uchun sog‘lom siyosiy aloqalarni o‘rnatishdir. Keyinchalik esa Xitoyning geosiyosiy kengayishiga qarshi demokratik va siyosiy halqani iqtisodiy va harbiy jihatdan mustahkamlash. 

Blinkenning Yaponiyada tilga olgan so‘zlari, Bayden ma'muriyatining Xitoyni nafaqat iqtisodiy va harbiy sohada balki, norm - markazli liberal tuzumga ham xavf tug‘diradi degan fikrda ekanini yaqqol ko‘rsatmoqda. Demokratiya, inson huquqlari va qonun ustuvorligi kabi sohalarda Xitoyni yana - da ko‘proq nishonga olgan yangi ma'muriyat, bu masalaning xalqaro tartibning kelajagi uchun bahs mavzusi bo‘lishini ham yaxshi biladi.

Xitoyga qarshi global tusda jabha yaratishga uringan Bayden ma'muriyatining xalqaro tartibning o‘zgarishi sharoitida ko‘zlagan yana bir maqsadi esa an'anaviy ittifoq tizimini tiklay turgan shaklda G‘arb qanotida takror geosiyosiy tuzatish qilishdir. Bu nuqtada Transatlantik aloqalarda Tramp davrida ko‘rilgan zararni qoplash va paydo bo‘lgan chuqurlarning terang geosiyosiy yoriqlar chizig‘iga aylanishidan oldin tezda yopilishi Baydenning ustuvor vazifalari qatorida o‘rin olmoqda.

Blinken NATO vazirlar yig‘ilishi doirasida borgan Bryusselda bu yo‘ndashuv o‘zini yana - da aniqroq ko‘rsatdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bayden ma'muriyatining bu yerda ikkita maqsadi bor. Birinchisi, transatlantik geosiyosiy blokning eng muhim ustuni sifatida faoliyat yuritadigan NATOning strategik missiyasini qayta belgilash. Tramp davrida ittifoq tarkibida yakkalashlar kabi muammolarga duch kelgan NATO, Bayden ma'muriyati uchun ustuvor vazifa sifatida tuzatilishi kerak bo‘lgan ittifoq tizimi sifatida ko‘rilmoqda.  

Ittifoqning faqatgina mudofaa va xavfsizlik tashkiloti emasligini ta'kidlagan Blinken, Bryusselda siyosiy tomoni yana - da aniq ko‘zga tashlangan NATO imidjini namoyon etdi. Eng muhimi, NATOning Xitoyga nisbatan munosabatining qanday bo‘lishi transatlantik geosiyosiy o‘qi ustida eng ko‘p muhokama qilingan mavzulardan biridir. Tashkilot sifatida "Xitoyni tushunish" bosqichida ekanliklarini qayd etgan Bosh kotib Stoltenberg endilikda Xitoyga nisbatan "tahdid" iborasini yana - da tez ishlata boshladi. Aslida, Yevropa ittifoqi Oliy vakili Borrelning ham Blinken bilan bo‘lgan  uchrashuvida ushbu yondashuvning takrorlanadigan nutqqa aylangani kuzatilmoqda.

Xitoy bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari borligini bilgan Yevropa, ayni vaqtda bu ishning strategik muammoga aylanganidan xabardor. Shu bois ham Bayden uchun NATOning Rossiya va Xitoyga qarshi quriladigan Transatlantik aloqada eng og‘ir ustun ekani ko‘rinib turipdi.

Bayden ma'muriyatining ikkinchi maqsadi esa Transatlantik o‘qida G‘arb geosiyosiy jabhasining parchalangan tuzilishini tiklash. NATOning vazirlar sammitida qatnashgan Blinkendan tashqari, Baydenning Yevropa ittifoqi rahbarlari sammitida  videokonferentsiya orqali ishtirok etib, Xitoy va Rossiyaga e'tibor qaratishi Yevropaga qaratilgan harakat degan ma’noni anglatmoqda.

Nima bo‘lishidan qat’iy nazar Blinken Yevropaga, AQShning Xitoyga qarshi kurashida "biz bilan yoki ular bilansan" degan tanlovni taklif qilmaganligini aytsa ham, ular asta - sekin Yevropani Xitoy masalasida bir yo‘l tanlashga majbur qilayotgani anglashilmoqda. Yevropa ittifoqining shu kunlarda amalga oshirmoqchi bo‘lgan yangi strategik muxtoriyat siyosatini shakllantirishga oid tashvishlardan yana biri ham Xitoydir. Shu sababli, Xitoyga qarshi strategik yaxlitlikning yaratilishi uchun AQSh rahbariyatiga "ijobiy tusda”  javob beradigan Yevropa ham mavjud. 

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan SETA fondining Xavfsizlik masalalari bo‘yicha bo‘limi direktori, yozuvchi, professor doktor Murat Yeshiltashning “AQShning Xitoy siyosati” deb nomlangan mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Blinken , #Tramp , #Obama , #Xitoy , #AQSh

Aloqador xabarlar