Kun tahlili 59-qism

SETA tashkilotining tashqi aloqalar bo’yicha vakili, tadqiqotchi Jan Ajunning Turkiya tomonidan olib borilayotgan terrorizmga qarshi kurashi haqidagi mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

1582160
Kun tahlili 59-qism

                                 

Turkiya terrorizmga qarshi nafaqat mamlakat hududlarida, balki chegara ortida ham ayovsiz kurash olib bormoqda. Bir tomondan Turkiya hududlari ichida qolgan PKK terror tashkiloti jangarilari nishonga olinar ekan, bir tomondan qo’shni mamlakatlar Iroq va Suriyada ham jangarilarga og’ir zarba berilmoqda. Turkiya milliy mudofaa vazirligining qiruvchi samolyotlari terror ob’yektlarini nishonga olar ekan, turk desantlar harbiy vertolyotlar vositasida tog’li hududlardagi tepaliklarga joylashib, jangarilar inigacha kirib bormoqda va ularga zarba bermoqda.

Turkiya oxirgi yillarda terror tashkiloti PKKga qarshi kurashni yana-da kuchaytirdi. Jangarilar nafaqat mamlakat hududlarida balki, chegara ortida ijro etilayotgan harbiy amaliyotlar vositasida yo’q qilinmoqda. Ularning takror xavfsiz hududlarga egador bo’lishini oldi olinmoqda. Bu ma’noda ayniqsa, Iroqda boshlangan “Burgut panjasi” harbiy amaliyotining ahamiyatini e’tirof etish zarur.  Ushbu harbiy amaliyotlarda terror tashkilotining asosan boshqaruv tizimi va ta’lim lagerlari yer bilan yakson qilinmoqda.

Turkiya qurolli kuchlari avvalgi harbiy strategiyasidan farqli ravishda jangarilardan tozalangan hududlarga joylashib, u yerda terror tashkilotiga qarshi hokimiyat qurmoqda. Natijada, jangarilarning takror ushbu hududlarni qayta egallashining oldi olinmoqda.

Yaqin kunlarda Turkiya milliy mudofaa vazirligining rasmiy e’loni bilan Iroqning Gara hududida “Burgut panjasi-2” harbiy amaliyoti boshlatildi. Turkiya havo kuchlariga oid qiruvchi samolyotlar hududni bombardimon qilar ekan, ayni vaqtda harbiy vertolyotlar vositasida hududga joylashtirilgan turk desantlar jangarilar saqlangan g’orlargacha kirib, ularni yo’q qila boshladi.

Qolaversa, harbiy amaliyotlarda “Atak” harbiy vertolyotlari va qurolli dronlar qo’llanilmoqda. Avvallari hududda peshmarga kuchlari hukmron bo’lgan, ular vaqti-vaqti bilan PKK terror tashkiloti jangarilariga qarshi kurashishgan. Ikki guruh o’rtasida ayovsiz to’qnashuvlar yuz bergan.

Endilikda, PKK terror tashkiloti uchun strategik ahamiyatga ega bo’lgan Gara hududi jangarilardan butkul tozalanguniga qadar harbiy amaliyotlar anchagacha davom etishini aytish mumkin. Natijada, peshmarga kuchlarining bundan avvalgi harakatini e’tiborga olgan holda, Anqara-Erbil o’rtasidagi PKKga qarshi koordinatsiya davom etayotganligini va bu Turkiya qurolli kuchlarining harakatini qulaylashtirganligini e’tirof etish zarur.

Shuningdek, Anqara-Erbil-Bag’dar o’rtasidagi kelishuvga binoan, Sinjar hududi bilan bog’liq harbiy qadamlar tashlanar ekan, Turkiya qurolli kuchlari kelgusi oylarda Garadan tashqaridagi terror hududlariga qarata harbiy amaliyotlarni davom ettirishi rejalanmoqda. Natijada terror tashkilotini Qandilga tomon siqib chiqarish hamda ushbu hududlarni jangarilardan butkul tozalash maqsad qilinganligini aytish mumkin.

                                                                                                                          SETA tashkilotining tashqi aloqalar bo’yicha vakili,

                                                                                                                                                 tadqiqotchi Jan Ajun.

 



Aloqador xabarlar