Bayden davrida Turk - Amerika munosabatlari

Kun tahlili - 58

1577955
Bayden davrida Turk - Amerika munosabatlari

Amerika tarixidagi eng ilg‘or kabinetni yaratish maqsadi bilan ish boshlagan Bayden bizga Tramp yetakchiligi davridan judayam farqli davrga duch kelganimizni ko‘rsatmoqda. Ham ramziy ma’noda, ham da amalga oshirilgan birinchi ijroatlar nuqtai nazaridan qaraganda Baydenning Tramp yetakchiligiga mutlaqo zid boshqaruv tushunchasiga ega ekanini anglash mumkin. Bu ayniqsa, kabina a’zolarini tanlashda yaqqol ko‘rinib turipdi. Oq tanli, erkak va protestantlar ko‘proq o‘rin olgan guruhi yoki jmaoasi bilan Tramp, tashkilot tizimiga qarshi kurash e’lon qilish orqali kirishgandi ishiga. Ko‘pgina muassasa kuchini zaiflashtirgan, yuqori darajadagi tayinlovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelgan va bir vazirlikda turli xil vazirlar bilan ishlashga majbur bo‘lib, ayniqsa tashqi siyosat masalalarini hal qilishda muvaffaqiyatli bo‘lolmagan Tramp yetakchiligi haqida gap ketmoqda.

Bayden esa muassasa nizomini qaytarishdan tashqari progressiv va demokratik va’dalarini amalga oshiradigan kabina nomlari va rejalari bilan tez kirishdi ishga. Tramp yetakchiligi bir necha yuqori darajadagi siyosiy tayinlovlarni amalga oshirmaslik yo‘li orqali tashkilotlarni zaiflashtirgani bilan maqtanar ekan, Baydenning birinchi o‘n kun ichida mingdan ziyod tayinlovlarni amalga oshirishi muhim belgi sifatida qabul qilindi. Ushbu jadal o‘zgarishlar Bayden rahbariyatining ishni qanchalik jiddiy qabul qilishidan xabar bermoqda. Ommaviy axborot vositalarini ham o‘zi tomon burishga erishgan Baydenning dastlabki 100 kuni bemalol va qulay o‘tadigandek.

Baydenning tashqi siyosiy guruhi esa ko‘plab mintaqaviy va global masalalarning og‘irligi hisobga olinganida judayam muhimdir. Ayniqsa, davlat kotibi Blinkenning Bayden bilan uzoq yillar davomida birgalikda ishlashi, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning Blinkenga yaqin inson bo‘lishi va Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning ham Baydenning Iroqdan yaxshi tanigan bir askar ekani bunga misol bo‘la oladi. Bu kishilar,  ismi - jismiga mos tashqi siyosat tushunchalariga qaraganda ko‘proq, “ish qiladigan insonlar” profillari bilan ajralib turipdilar.  Baydenning tashqi siyosatdagi o‘z tajribasi ham hisobga olinganida jamoasi bilan birga yana - da hamjihatlik ichida ishlashni xohlagani bemalol seziladi. Shunday ekan unda  Bayden va jamoasining tashqi siyosati masalasida Turkiya bilan munosabatlari qanday shakllanadi degan savol tug‘iladi.

Bir qarashda Baydenning tashqi siyosat uchun tayin qilgan guruhining Turkiya bilan aloqali masalalardan to‘liq xabari bordek. Rossiya, Suriya, Sharqiy O‘rta yer dengizi, NATO, S - 400 va Eron bular orasidagi eng asosiy masala hisoblanadi. Ushbu jamoa a’zolari bugungacha Turkiya bilan aloqali masalalarda qat’iy ko‘z qarashlar aks ettiruvchi bayonotlar bermadi. Hatto ularning bugungacha Turkiya haqida bergan bayonotlarining ohangiga quloq solib, batafsil olaroq qo‘lga olganimizda AQSh siyosatlariga to‘g‘ri hissa qo‘shgan va NATO ittifoqdoshlari bilan bir amallab birgalikda ishlashni istagan tushunchaning oldingi qatorda ekanini kuzatdik. Ma’lumki, 15 - iyuldan keyin Bayden bilan birga Turkiya Buyuk Millat Majlisiga tashrif buyurgan Blinkenning 2017 - yili Trampga, YPGning qurollantirilishi kerakligi haqida maslahat bergan.

Senatdagi majlisida Turkiyaning Rossiyaning S - 400 zenit raketa tizimi xarid qilib olishi masalasida “Qabul qilinishi imkonsiz” degan Blinkenning ohangi ham Kongressdagi Turkiyaga qarshi muhitining qoniqarli jihati deb qabul qilindi. Xuddi o‘sha majlisda Turkiyani “go‘yo” ittifoqchidek qabul qilishi Turkiya haqidagi ohangidan xabar berayotgandi. Faqat, nima bo‘lishidan qat’iy nazar Blinkenning haligacha Turk Tashqi Ishlar vaziri bilan aloqa qurmaganligi Vashington jabhasida ehtiyotkor munosabatning hukmronlik qilganidan dalolat  beradi. Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Sallivanning ham yevropalik kasbdoshlari bilan bo‘lgan uchrashuvlari ortidan bergan bayonotida Turkiyani, Yevropa bilan ustida ish olib borishi kerak bo‘lgan “mushtarak andisha” masalasi sifatida Xitoy bilan birgalikda yodga olishi, bir xil negatif ohangga misol bo‘ldi. Blinken bilan Ibrahim Kalin o‘rtasida telefon orqali bo‘lib o‘tgan oxirgi muloqat ham haligacha bu noaniq havoni butunlay tarqatgani yo‘q.

Hozircha Turkiyaga nisbatan masofali va sovuq munosabatda ekani kuzatilgan tashqi siyosat guruhi Suriya, YPG, S - 400, FETO, Sharqiy O‘rta yer dengizi, Liviya va boshqa konkret siyosat masalaalarida Bayden siyosatlarini yo‘lga qo‘yadigandek. Biroq, Turkiya - Amerika munosabatlaridagi muammoli sohalarning boshqarilishida bu ohangning konstruktiv rol o‘ynamasligi hozirdan ma’lum. Agar Bayden yetakchiligi Obama va Tramp yetakchiligining aralashmasidan paydo bo‘lgan noma’lum va strategiyasiz tashqi siyosat tushunchasiga ega bo‘lsa unda o‘zaro munosabatlarda normal holatning yuz berishi mumkin emasdek.

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan fond SETAning Xavfsizlik masalalari bo‘yicha bo‘limi direktori, yozuvchi, professor doktor Murat Yeshiltashning “Bayden davrida Turk - Amerika munosabatlari” deb nomlangan mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar