PKK terror tashkilotining Suriyadagi oxirgi vaziyati

Kun tahlili - 47

1531687
PKK terror tashkilotining Suriyadagi oxirgi vaziyati

Suriyadagi tartibsizlikdan foydalanib takror paydo bo‘la boshlagan PKK terror tashkiloti Asad rejimi bilan kelishib olgan holda yolg‘ondan Afrin, Kobani va Jazira kantonlarini e’lon qildi. Ortidan DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash bahonasida AQSh bilan harbiy aloqa o‘rnatib, kantonlarni birlashtirgan holda Turkiyaning janubiy chegarasini butunlay kesadigan tarzda terror davlatchasi qurishga tashabbus qildi. Turkiya esa bu xavfni payqab, uning oldini olish uchun chora ko‘rdi va bu asosda eng avvalo “Firot qalqoni”, ortidan “Zaytun novdasi” va nihoyat “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti uyushtirdi. Natijada Turkiya xavf darajasini tushirishga muvaffaq bo‘ldi lekin afsuski bu degani “mintaqada PKK terror tashkiloti hech qolmadi” degan ma’noni anglatmaydi.

PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti bo‘lgan PYD va YPG terror tashkiloti, tarkibida arablar ham bor yuqori tashkilot sifatida Suriya Demokratik kuchlari olaroq Firotning sharqida Ayn al – Arabdan Hasekiga, janubda Rakka va Dayr az – Zorda, g‘arbda esa Manbij va Tel – Rifatdagi o‘rnini saqlamoqda. Yuqorida nomi tilga olingan mintaqalarda idoriy tuzilish tashkil etish orqali, AQShning himoyasida Suriyaning neft va tabiiy gaz manbaalarining ham muhim qismini nazorat qilmoqda. Tashkilot, shu bilan birga mintaqada keng qishloq xo‘jaligi uchastkalari va mamlakatdagi zotan taqchil bo‘lgan suv manbaalarini ham yirik o‘lchamda egallab olgan vaziyatda. Turkiya qanchalik oxirgi harakatini ya’ni, “Tinchlik bulog‘i amaliyotini uyushtirish orqali Tel – Abyad va Rasulayn kabi mintaqalarni qutqarishiga qaramay, terror tashkiloti haligacha qariyb 40 ming kvadrat kilometrlik maydonni de - fakto sifatida ushlab turipdi.   

“Tinchlik bulog‘i” amaliyoti yakunida Turkiya avvalom bor AQSh bilan, ortidan esa Rossiya bilan mintaqa ustidan kelishuvlar tuzdi. Ayniqsa Sochida Rossiya bilan Firotning sharqi ustidan muhim kelishuvlarga qo‘l qo‘ydi. Shunga ko‘ra terror tashkiloti Aynal Arabda, Malikiya – Fishxabur chizig‘igacha bo‘lgan mintaqadan janub tomon 32 km chekinishni qabul qildi. Lekin amalda bunga boy sunilmagani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek terror tashkiloti Tel – Rifat, Ayn Issa va Tel – Tamir kabi mintaqalardan foydalangan holda Turkiyaning nazorati ostidagi hududlarda uzluksiz terror hujumlari uyushtirmoqda. Ko‘pincha bomba joylashtirilgan transportlarni portlatish yo‘li orqali qo‘l urilgan ushbu hujumlarda, tinch aholidan yuzlab kishi halok bo‘ldi. Tashkilot bu yerda, “Qutqarilgan hududlarning” barqarorligini nishonga olmoqda.  

Shu bois Turkiya jihatidan terror tashkilotining Suriyadagi o‘rni haligacha xavf tashkil etmoqda. Agar tashkilot chegara chizig‘idan 32 km janub tomon yo‘l olmagudek bo‘lsa unda yangi harakatlar ham uyushtirilishi mumkin. Mavjud vaziyatda PKKning Suriyadagi o‘rni Firotning ham sharqi, ham g‘arbi uchun har qanday sharoitda xavf tug‘diraveradi.

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan fondning Xavfsizlik masalalari bo‘yicha bo‘limi direktori yozuvchi, dotsent, doktor Murat Yeshiltashning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #PKK terror tashkiloti

Aloqador xabarlar