Iroq kurdlari PKKga qarshi kurash olib bormoqda

Kun tahlili - 45

1523144
Iroq kurdlari PKKga qarshi kurash olib bormoqda

Anchadan beri Shimoliy Iroqdagi PKK terror tashkiloti bilan Iroq Kurd mintaqaviy hukumatiga qarashli Peshmerga va maxsus kuchlari to‘qnasha boshladi. PKKning  mintaqadagi kengayish siyosati bilan birga qo‘l ura boshlagan terror hujumlari, kurd mintaqasining barqarorligiga tahdid tug‘dirar ekan Turkiyaning tashkilotga qarshi uyushtirgan harbiy operatsiyalari ham samarali davom etmoqda.

Mintaqadagi tartibsizlikdan foydalangan holda Birinchi Ko‘rfaz urushidan beri Shimoliy Iroqdagi tog‘li hududlarga joylashtirilgan PKK terror tashkiloti, nomi tilga olingan hududni Turkiyada amalga oshirgan teraktlar uchun baza sifatida foydalanar ekan, vaqt o‘tishi bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruvi uchun muqobil kuchga aylantirdi. Peshmerga kuchlari ayniqsa DEASh hujumlariga qarshi kurash olib borayotgan bir paytda PKK bu vaziyatni imkoniyatga aylantirdi va yuzlab qishloq nazoratini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u Sinjar mintaqasida DAEShga qarshi kurash olib borayotgandek ko‘rinish bilan ustunlik o‘rnatib, u yerda yazidiylardan tashkil topgan sub - terror tuzilmalarini ham barpo etdi.

Turkiya esa bu jarayonda PKKga qarshi kurashini chegaradan oshirib Suriya bilan birga Iroqda ham samarali harakatlar uyushtira boshladi. Qarorlilik harakatlari ortidan “Panja – Qaplon” amaliyotlari yordamida tashkilot ayniqsa Turkiya chegarasi chizig‘ida katta yo‘qotishlarga duch keldi.

Shu doirada ko’p nuqtani qo‘ldan boy berdi. Turk qo’shini, PKK terror tashkilotining, "Media mudofaa hududlari" deb nomlangan mintaqalarining muhim tepaliklarini nazorat qilgan holda, ana shu yerlarga joylashib oldi. Tashkilot shu tariqa yana - da janub tomon ortga tisarildi.

PKK terror tashkiloti Iroqda jiddiy ravishda qiyin ahvolda qolar ekan Kurdiston Demokrat partiyasini Turk qo‘shiniga ma’lumot tashish va yordam berishda ayblay boshladi. Ushbu holat ikki tuzilma o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashishiga olib keldi. Va nihoyat PKKning mintaqadagi barqarorlikni buzgan terror unsuri sifatida borligini davom etishi va hatto kengayish siyosatini kuzatishi, Arbil manfaatlariga ortiqchiligi bilan tahdid solayotgandi. Turkiyaning ham bosimlari natijasida Peshmerga harakatga o‘tib, tashkilotni bir necha nuqtada qisa boshladi. Zini Verte va Gara kabi mintaqalarda Peshmerga va Zeravani kabi maxsus kuchlarning joylashtirilishiga PKK qattiq javob berdi va to‘g‘ridan - to‘g‘ri hujumlar uyushtirishni boshladi. Bunga qo‘shimcha sifatida Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruvining eng muhim daromad manbaai bo‘lgan neft quvir chiziqlariga qarshi hujum uyushtirishdan chekinmadi.

Yuqorida aytilgan barcha voqealarni bir butun sifatida qo‘lga olganimizda Iroqning shimolida, Turkiyaning tezisi alohida - alohida tasdiqlanganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Turkiya PKKning mintaqadagi o‘rnini nafaqat Anqara balki Arbil uchun ham to‘g‘ridan - to‘g‘ri xavf unsuri ekanini ochib berayotgandi.  Endilikda Arbil hukumati kun o‘tgan sayin PKK haqiqati bilan ko‘proq yuzlashishga majbur bo‘lmoqda. To‘qnashuvlar boshlagan shunday davrda Peshmerganing Turk qo‘shini bilan birga PKK terror tashkilotiga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya o‘tkazish ehtimoli ham ortmoqda.

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan fondning Xavfsizlik masalalari bo‘yicha bo‘limi direktori yozuvchi, dotsent, doktor Murat Yeshiltashning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik. 

 



Aloqador xabarlar