Kun tahlili 33 - qism

Sharqiy O‘rta yer dengizida oxirgi haftalarda paydo bo‘lgan raqobat jiddiy tus oldi.

1473044
Kun tahlili 33 - qism

Sharqiy O‘rta yer dengizida oxirgi haftalarda paydo bo‘lgan raqobat jiddiy tus oldi. Turkiyaning Liviya bilan tuzgan shartnomasi va bu orqali Liviyada o‘z zimmasiga olgan yangi vazifasi bilan boshlagan raqobat, Gretsiya va Misr o‘rtasida imzolangan shartnoma orqali yana - da kengaydi. Eng yomoni bu faqatgina Gretsiya va Turkiya bilan cheklanib qolmadi. Unga O‘rta yer dengizidagi iqtisodiy, siyosiy va harbiy tarmoq ustidan Rossiya, AQSh, Fransiya, Italiya va mintaqadagi boshqa davlatlar ham qo‘shildi. Turkiya esa barcha imkon va qobiliyatlari bilan o‘z huquqlarini himoya qilish payida. Shu bois ham O‘rta yer dengizi, Turkiyaning tashqi va xavfsizlik siyosatida markaziy nuqtada o‘z o‘rnini egalladi. 

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan fondning Xavfsizlik masalalari boyicha bolimi direktori yozuvchi, dotsent, doktor Murat Yeshiltashnnig mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qilamiz.  

Turkiyaning strategik madaniyatida O‘rta yer dengizi geo – siyosiy va geo – strategik mintaqaga bo‘linadi. Birinchisi Sharqiy O‘rta yer dengizidagi Levant quyi mintaqasidan iborat va markazida Kirp o‘rin olgan. Tarixiy jihatdan strategik o‘rni tufayli qanchalik muhim bo‘lishiga qaramay bundan buyon Kiprning qiymati geo – iqtisodiy markazga moslashgan vaziyatda. Tabiiy gaz zaxiralarining kashfiyoti va Turkiyani chetlatishga uringan yangi ittifoq tizimining geo – iqtisodiy asosda tashkil etilishiga harakat qilinishi, Suriya inqirozi, Livan va Falastin masalasi e’tiborga olinganida Sharqiy O‘rta yer dengizida Turkiya mavjud o‘rnidan ham muhimroq o‘ringa ega bo‘lmoqda. Bu vaziyat Turkiyani orolda yangi mudofaa va xavfsizlik strategiyasi o‘ylab topishga majbur qilmoqda.

Turkiyaning kelasi yillarda Shimoliy Kipr Turk Respublikasida dengiz bazasi qurishni rejalashtirishi, mintaqadagi qurolli va uchuvchisiz havo vositasi qobiliyatini orttirishni tanlashi, buning birinchi ishoratlaridan biridir. Lekin bu Turkiyaning O‘rta yer dengizidagi manfaatlarini himoya qilishi uchun yetarli emas. Sharqiy O‘rta yer dengizida o‘z kuchini ko‘rsata olgan, qaroridan voz kechtira olish qobiliyati yuqori kuch sarmoyasi Turkiyaning diplomatik jihatdan moslashuvchanlik qo‘lga kiritishi uchun eng asosiy vositalardan biri hisoblanadi. 

Ikkinchi strategik mintaqa esa O‘rta yer dengizi liniyasidan iborat va u Turkiyaning Shimoliy Afrika qirg‘og‘i liniyasiga qaratilgan siyosatlarida qanday rol o‘ynashini belgilaydi. Liviya bilan tuzilgan shartnoma, Turkiyaning O‘rta yer dengizidagi yangi vaziyatga ham moslashishi, ham da geo – siyosat talab qilgan raqobatni davom ettira olishi uchun alohida o‘rin ega. Vaqt jihatidan “kech qolindi” deyilishiga qaramay Liviya masalasi Turkiyaning O‘rta yer dengizi havzasida “qarshi blok” tashkil etilishiga to‘siqlik qilishi mumkin. Shu bilan birga Turkiyani Liviyada muammoni hal qilish va muzokaraning bir tomoniga aylantirdi. Turkiyaning O‘rta yer dengizida bo‘lishi shu bilan birga energiyani o‘z markaziga olgan geo – iqtisodiy raqobatda manevr qobiliyatini yana – da orttira olishiga yo‘l ochadi va bu orqali strategik moslashuvchanligini samaraliroq qiladi. 

Turkiya – Gretsiya raqobatida shakllangan va NATOning janubiy qanotida yangi taranglik maydoni yaratgan Garbiy O‘rta yer dengizi quyi geo – siyosatida esa Turkiyaning kurashi murakkabroq o‘tmoqda. Ayniqsa S – 400 orqali asta – sekin mudofaa va qaroridan voz kechtirish qobiliyatiga ega bo‘layotgan Turkiya, o‘z kuchi bilan Gretsiyani harbiy jihatdan muvozanat saqlashga majbur qilgan tenglik yaratdi. Shuning uchun Gretsiya, Turkiyaga qarshi ittifoq kuchi tuzish yo‘li bilan O‘rta yer dengizi havzasida Turkiyaning kuchiga monelik qilishga urinmoqda. Misr bilan tuzilgan shartnoma bunga misol desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Undan tashqari AQShning buning terang tus olishiga yo‘l ochadigan investitsiyalar kiritishi yaqqol ko‘rinib turipdi va kelasida bundan ham ortishini kutish tabiiy. AQShning ayniqsa Gretsiyadagi ba’zi bazalarining kuchiga – kuch qo‘shish sababi shulardir. Ayni vaqtda Kiprning grek qismiga nisbatan kiritilgan qurol embargosini bekor qilinishi masalasida AQSh tomonidan tashlangan qadamlarni ham, Turkiyaning harbiy kuchini muvozanatlash uchun qilingan harakatlar sifatida baholash mumkin.    

Turkiyaning O‘rta yer dengizining uchta quyi geo – siyosiy mintaqasida o‘z o‘rnini olishi faqatgina qaroridan voz kechtirish kuchining orttirilishi, kuchini ko‘rsata oladigan imkon va uning hajmining terang tus olishi, ehtiyoj tug‘ilganida harbiy kuchdan foydalanishdan ikkilanmasligi orqaligina amalga oshishi mumkin. Bu vaziyat, Turkiyaning raqobatchi va cheklovchi xavfsizlik atrofida, hayotta qolishining eng muhim yo‘llaridan biri sifatida qabul qilinmoqdadir.  

 

 



Aloqador xabarlar