Kun tahlili 28-qism

Turkiyaning Milliy YarashtirishHukumati (MYH), foydasiga aralashuvi bilan barcha muvozanatlar o’zgargan Liviyada ham harbiy hamda siyosiy o’zgarisha yuz berishga  davom etmoqda.

1452971
Kun tahlili 28-qism

 

Turkiyaning Milliy YarashtirishHukumati (MYH), foydasiga aralashuvi bilan barcha muvozanatlar o’zgargan Liviyada ham harbiy hamda siyosiy o’zgarisha yuz berishga  davom etmoqda.

TQK  tomonidan qo'llab-quvvatlangan  "MYH" kuchlari Sirte va Jufra shaharlarini egallab olishga uzoq tayyorgarlik ko'rayotgan bir paytda, ular o'zlarining kuchlarini havo mudofaa tizimlari bilan kuchaytirishga urinmoqdalar.

Boshqa tomondan, Hafter bilan aloqador qo'shinlar esa  Rossiyaning  Suriya orqali Cufraga olib o'tadigan harbiy samolyotlar bilan  bir qatorda  BAA tomonidan moliyalashtirilgan Assad rejimiga  qarashli  janggarilarni  mintaqaga olib kirish  bilan harbiy ma’noda qarshilik  ko’rsatish niyatida.  

Yana  harbiy rivojlanishimdan tashqari, Liviya  diplomatiya sohasida  ham juda faoldir.

Turkiya bilan bir qatorda Fransiya va Italiya yana o’zini namoyish etar ekan, shuningdek, Misr, BAAning  tashviq etishi  bilan  Misrdagi to’ntaruvchi general Abdel Fattah El-Sisi Liviyadagi to’qnashuvga ochiq bir shaklda   aralashishi mumkinligi haqida bayonotlar berdi.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz...

Liviyada uzoq vaqtdan beri davom etayotgan to‘qnashuvlarning jihati Turkiyaning  aralashuvi va MYH  kuchlarini  qo’llab- quvvatlash tufayli o'zgargandan keyin Hafterni  qo'llab-quvvatlagan  aktyorlar to'g'ridan-to'g'ri aralashishga kirishishga majbur bo'lgan ko'rinadi.

Rossiya, Fransiya, BAA va Misr kabi davlatlar tomonidan tuzilgan bu koalitsiya; Garchi ularning manfaatlari turlicha bo'lsa ham, asosan ular Hafter  kuchlarining butunlay mag'lub etmaslik  va Liviyaning butun Liviya ustidan hukmronlik qilishiga yo'l qo'ymaslik uchun ketma-ket harakatlar qila boshladilar.Ularning  asosiy ustuvor yo'nalishlari diplomatiya stolini safarbar qilish, bir muddat sulhga ruxsat berish va Hafter  kuchlarini  ushbu mag'lubiyatdan saqlab qolishdir.

Bu davrda Rossiya harbiy samolyotlarning va BAA tomonidan moliyalashtirilgan, Assad rejimidan militsiya kuchlari  Liviyadagi oldingi chiziqlarga o’rnarishi  va  orqaga urish harakati  hozircha  to’xtagan vaziyatdadir. Shunga qaramay, BAA  mamlakatning  g'arbidagi Vatiyye  aviabazasiga qilgan havo hujumi koalitsiyaning qay darajada qat'iyligini namoyish etishda muhim  bir ko‘rsatkichdir. Hech bo'lmaganda, bu davlatlar hozirgi vaziyatni saqlab qolish  Sirte va Kufra kabi shaharlarni neft yarim oyi bilan birga MYH kuchlari qo'liga tushishining oldini olishni istaydilar. Turkiya qonuniy hukumatni qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda. O'tgan hafta Turkiyadan  oliy darajadagi tashriflar va   tuzilgan  bir nechta  bitimning  imzolanishi  bu vaziyat  mustahkamlashtirmoqda.

Albatta, Turkiya Liviya sohasida  diplomatiyaga imkoniyat berishni va siyosiy yechim jarayonidan keyin doimiy sulh tuzishga intilishni istaydi.

Biroq, buning uchun 2015 yilda Marokashda imzolangan Suheyrat shartnomasiga ko’ra  barcha kuchlarning orqaga chekinishi ya'ni Sirte va Kufra kabi ikkita muhim mintaqani MYH kuchlari egallab olishini ko'rsatmoqda.

Ammo, tomonlar bu nuqtai nazardan kelishib olishlari mumkin ko’rinmaydi  MYH kuchlari yaqin kunlarda Sirte shahrini egallab olish uchun operatsiya boshlatishini taxmin qilishimiz mumkin.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 


Tanlangan kalimalar: #MYH , #Turkiya , #Liviya , #Kun tahlili

Aloqador xabarlar