Kun tahlili 18- qism

Korona virus epidemiyasi global inqirozga aylanib, barcha global o'yinchilarni, ayniqsa AQShni larzaga keltirgan bo'lsa ham, Yaqin Sharq miqyosidagi to’qnashuvlar  sekinlashmasdan davom etmoqda.

1409004
Kun tahlili 18- qism

           

             Koronavirus epidemiyasi global inqirozga aylanib, barcha global o'yinchilarni, ayniqsa AQShni larzaga keltirgan bo'lsa ham, Yaqin Sharq miqyosidagi to’qnashuvlar  sekinlashmasdan davom etmoqda.

 Birlashgan Millatlar Tashkiloti to'qnashuvlar davom etayotgan mintaqalarda sulhni  o’rnatishga  chaqirsa ham Liviya, Suriya va Yamanda qon oqishga davom etmoqda. Livanda iqtisodiy muammolar va  korpusiya   sabab bo'lgan norozilik namoyishlari boshlangan bir paytda, Iroq hukumati neftga qaramli  iqtisodiyotini to‘g’rilay olmaydi.Ushbu mamlakatlardan, ayniqsa Liviya, Suriya va Yaman  koronavirus  bilan kurashish o'rniga  fuqoralik  urushga taslim bo'lgan vaziyatda. Ushbu davlatlarning  epidemiya  o'lchovlari bo'yicha aniq raqamlarga erishish mumkin emas. Ushbu  to’qnashuv hududlarida epidemiya-ichki to’qnashuv aralashib qolgan vaziyatdadir. xalqaro  tashkilotlar  ogohlantirishdan tashqari  bir pozitsiya   olganlari  ham yo’q.

SETA / Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor Muallif Dos. Doktor Murat Yeshiltashning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga  havola qilamiz...

Suriyada  kamida to'rt  turli mintaqa alohida-alohida koronaviusga qarshi kurashishga harakat qilmoqda deyish mumkin. Rejim nazoratidagi  mintaqalarda Covid-19 virusini yuqtirib olganlar  soni atigi 45 kishini tashkil qildi. Idlib mintaqasida   Ramazonning boshlanishi  bilan tarovih namozlariga ishtirok esa  juda  yuqorida saviyada ekanligi ko’rilmoqda.Bu Idlibda epidemiyaning yo'q degani emas.

Idlibning zich aholisi, davom etayotgan to’qnashuv  dinamikasi va qochqinlar lagerlarining zichligini hisobga olganda, qo'rqinchli manzarani ko'rish  bir lahza  masalasi. Suriya milliy  armiyasi  nazorat qilgan hududlarda Turkiyaning  yordamlari  epidemiyani  cheklash uchun tig’iz sa’y- harakat qilinmoqda.

Amerika tomonidan qo'llab-quvvatlangan YPG-PYD tomonidan nazorat qilinadigan mintaqalarda qayd etilgan epidemiyani  yuqtirganlar soni juda kam ko'rinadi. 10 yil davomida fuqarolar urushidan yakun yasa olmagan  Suriyada  Kim biladi, ehtimol koronavirus  epidemiyasidan uzoq bo'lish  taqdirning bir lutfi  bo'lishi mumkin.

Butun mintaqa  koronavirus xavotirda ekan, Suriyada  vaqti -vaqti  bilan to'qnashuvlar  ham davom etmoqda. Eng faol dinamik mintaqalardan biri bu epidemiya oldidan ham  qizg'in kurash nuqtasi bo'lgan Idlibdir.

Idlib nafaqat to’qnashuvlarning  davom etishi va  yangidan  portlashi nuqtai nazaridan emas, ehtimol epidemiya bir shaklda  ko'p sondagi  odamlarga tezda yetib borishi nuqtai nazaridan ham juda muhimdir.  Turkiya bilan Rossiya Moskvada kelishuvdan keyin M4 va M5 avtomobil yo’llarining  shimoliy mintaqada harbiy kuchini oshirishga  davom etganligi  ko'rilmoqda. Garchi  koronadan keyingi chora kabi ko'rinsa-da, Anqara ko'proq narsani amalga oshirishi mumkin. Mumkin bo'lgan xavfsiz mintaqani yaratishdan  ko’prog’ini Anqara amalga oshiradiganga o’xshaydi. Ehtimol bir xavfsiz hudud tashkil etilishi Anqaraning kun tartibida hamisha bo’lib keldi. Biroq,  HTSh oxirgi kunlarda Turkiyaga qarshi munosabati qattiq bo’lish jihatda  ishoralar  mavjud. XTSh tarkibidagi ayrim guruhlar hanuzgacha Moskva kelishuvini qabul qilmayapti va uni buzish uchun bor kuchlarini sarflamoqda. HTSh ichidagi ba’zi guruhlar Moskva kelishuvini hanuz ham qabul qilgan emaslar va buzish uchun qo’lidan kelganini qilmoqdalar. En so’ng HTSh militsiyalari Turkiyaga qarshi bir hujum  uyushtirdi bir  turk askari hujum natijasida  shahid bo’ldi.

Albatta  ehtimoli bor  Turkiya  korona virusdan keyin, HTShga   qarshi qattiq pozitsiya olishi mumkin. Rejimning  hujumlari  natijasida Idlibda 1 millionga yaqin odam ko'chib o'tib  u yerda siqishgan vaziyatda. Rejimning havo hujumlari davom etayotganini hisobga olsak, Idlib aholisi uchun uyda qolib koronadan  o’zlarini himoya   qilishi ifodasi mantiqiy bir  variant emas.

Boshqa tomondan,  Tinchlik bulog’i hududi sifatida atalagan Rasulayn va Tel-Abyad  orasidagi hududga sizishga  harakat qilgan YPG-PKKlik   terror  unsurlar  tez- tez  katta zarba olmoqdalar.  

YPG ushbu hududlarda qishloqlarda terrorchilik urushini davom ettirmoqda, tinch aholini nishonga olib  shahar xavfsiz emas degan taassurot  qoldirib, barqarorlikning oldini olishga harakat qilmoqda.

Afrinda PKK-YPG boshqa  bir uslubni  qo'llaganga o'xshaydi. 28 aprel kuni bomba yuklangan transport vositasi bilan  qilingan hujum natijasida 50dan ortiq tinch aholi halok bo'ldi.

Turkiya tomonidan  nazorat  qilingan  hududlarda terror hujumlari davom etar ekan,  terror tashkiloti PKK, Suriyaning shimoliy-sharq hududda  juda qiyin vaziyatda

 Turkiyaning terrorga qarshi  hujumlari.  Boshqa tomdan  hududlarda so'nggi haftalarda DAESh terrorchilik hujumlari ham  jiddiy  ravish avj olgani kuzatilmoqda.

DAESh terror hujumlarini davom ettirib, cho'l hududlarida, ayniqsa Suriya va Iroq chegaralari bo'ylab  o’zlari yashirib terror faoliyati qilmoqda.

Bu muqarrar ravishda AQSh boshchiligidagi koalitsiyamning   YPGga  yana ko'proq yordam berishiga olib keladi. Koronavirus epidemiyasini aniq yoritmayotgan  Suriya rejimi  esa katta iqtisodiy tanazzulga yuz tutmoqda.

Neft narxlarining pasayishi va davom etayotgan sanksiyalar Rossiya va Eronga iqtisodiy tazyiq o'tkazmoqda. koronadan keyin  Suriyada  yangi bir  jarayon boshlanadimi yoki yo'qmi noma'lum, ammo barcha tomonlar buni koronadan keyin o'z o'rnini egallash uchun imkoniyat sifatida ko'rishadi.

Liviyada vaziyat yanada jiddiy ko'rinadi. 22-mart kuni epidemiya tufayli Birlashgan Millatlar Tashkiloti sulh tuzishga chaqirsa ham,  to'ntaruvchi Hafter  sulhga rioya qilmay hujumlarini davom ettirishni tanladi.  U Korona virusga qarshi kurashda qiynalgan Tripoliga qarshi  ongli ravishda sog'liqni saqlash majmualarin nishonga olgan.

Ammo  milliy kelishuv hukumatiga qarshi Liviya armiyasi Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgan  Hafterni  poytaxt Tripolini  bosib olishga yo'l qo'ymadi.

Eng muhimi, Hafter ba'zi muhim sohalardan  chekinishga majbur bo'ldi va katta yo'qotishlarga duch keldi. Shunday bo'lsa-da, Tripolining dahalarida nazoratni saqlab qolganga o'xshaydi.

Keyinchalik, xohlagan narsasiga erisha olmay, 28 aprel kuni Tobrukdagi  parlamenti   bekor qilganini  e'lon qildi va  bu safar yangi strategiyani sinab, o'zini butun Liviyaning prezidenti deb e'lon qildi.

Biroq, Moskvadan qilingan bayonot bilan, Hafter  va uning  tashlagan qadamlari ish bermasligini ko'rdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov, Xafterning tashabbusini " to’g’ri deb topmaganlarini  " bildirdi.

Bingazi xalqi va  parlamenti   ham bu vaziyatdan mamnun emaslar; ular, garchi  quyi saviyada bo'lsa ham, yangi bir  Qaddafiyni xohlamasliklarini bildirgan holda, e'tiroz bildirdilar.

Faqat bu Liviyada  ishlar yaxshi degan ma’noda emas. Korona, to’qnashuv,  neft narxlari, axlat muammosi, elektr masalasi bilan bir qatorda Liviya bo’ylab jamiyatning umidlari puchga chiqqan vaziyatda. 

Xalqaro shartnomalarda ko'zda tutilgan biron bir yo'l xaritasi amalga oshirilmagan. Shu sababli, Liviyada ishlar tobora murakkablashmoqda.

Boshqa tomondan, Yaman epidemiya oldidan  ham sog'liqni saqlash sohasidagi eng yomon vaziyatda edi. Hozircha,  korona virus  dunyoda eng kam ko’rilgan  davlatlar qatorida joy olib faqat 1 kishida virus aniqlangan. Saudiya Arabistoni korona epidemiyasga qarshi kurashni birinchi o'ringa qo'ygani, Yamandagi harbiy faoliyatni bir  muddat to'xtatib qo'yganga o'xshaydi. Biroq, bu harbiy mojarolar tugadi degani emas.

Koronaning tarqalishi Yaqin Sharq geografiyasida to’qnashuvlarni   to'xtatmadi, ammo mojarolarning yo'nalishini o'zgartirish uchun nomzod sifatida o'qish kerak.

SETA / Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor Muallif Dos. Doktor Murat Yeshiltashning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga  havola qilamiz...

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Koalitsiya , #Yaman , #Idlib , #Suriya , #koronavirus

Aloqador xabarlar