Turkiyada zaytun yog‘i eksporti to‘xtatildi

Turkiya zaytun yog‘i narxlarning global miqyosda o‘sishi, shuningdek, Ispaniya va Italiya Turkiyadan sotib olingan zaytun moyini uchinchi davlatlarga eksport qilayotgani sabab ushbu mahsulotning eksportini joriy yilning 1 noyabriga qadar to‘xtatdi.

2019666

Bu haqda Turkiya Savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkiyaning o‘zida zaytun moyi narxi 102 foizga ko‘tarilgan. Turkiya Savdo vazirligining Xalqaro Zaytun Kengashi (IUS) ma’lumotlariga tayanib ma’lum qilishicha, Yevropadagi qurg‘oqchilik tufayli dunyo bo‘yicha zaytun moyi ishlab chiqarish hajmi 20 foizga qisqargan. Ishlab chiqarish qisqarishining eng katta ulushi Ispaniya va Italiyada qayd etilgan bo‘lib, Turkiyada bu ko‘rsatkich 62 foizgacha yetgan. 

Ta’kidlanishicha, 2022-yilning noyabridan 2023-yilning iyuligacha Turkiya zaytun moyi eksporti 240 foizga oshib, 136,5 ming tonnaga yetgan. Buning natijasida Turkiyada moy narxi 102 foizga oshgan.

Savdo vazirligiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining yuqori bojxona to‘lovlari sabab Turkiya unga a’zo mamlakatlarga juda kam miqdorda moy yetkazib bera oladi. 

“Noyabrdan iyulgacha Ispaniyaga bochkalarda moy eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 barobarga, Italiyaga esa 44 barobarga oshdi”, deyiladi xabarda. 

Turkiya tomonidan zaytun moyi eksportiga qo‘yilgan cheklov mamlakatda yangi hosil yig‘ib olinguncha narxlarning ko‘tarilib ketmasligiga yordam beradi. 

Tanlangan kalimalar: #zaytun yog‘i , #Turkiya

Aloqador xabarlar