Turkiyada inflyatsiya rekord darajaga pasaydi

Bugun, 5 iyul kuni mamlakatdagi inflyatsiya bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni TUIK davlat statistika agentligi e’lon qildi.

2007475
Turkiyada inflyatsiya rekord darajaga pasaydi

 

Turkiyada iste’mol narxlari indeksi yillik hisobda 38,21% bo‘lib, oxirgi bir yarim yil ichida eng past ko‘rsatkichga tushdi. Bugun, 5 iyul kuni mamlakatdagi inflyatsiya bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni TUIK davlat statistika agentligi e’lon qildi. 

Iyun oyida iste’mol narxlari may oyiga nisbatan 3,92 foizga oshdi. Shunday qilib, 2022 yil iyun oyidan boshlab inflyatsiya 38,21 foizni tashkil etdi. May oyida bu ko‘rsatkich 39,59 foizni tashkil qilgan. 

Yillik hisobda narxlarning eng katta o‘sishi mehmonxona sanoati va umumiy ovqatlanish korxonalarida qayd etildi – 67,2%. Yil davomida sog‘liqni saqlash 65,7 foizga, oziq-ovqat va alkogolsiz ichimliklar qariyb 54 foizga qimmatlashgan. Ta’lim sohasidagi xizmatlar iste’molchiga 50% qimmatga tushmoqda. Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari esa 40 foizga qimmatlashgan. Kiyim va poyabzal (21 foiz), transport xizmatlari (20,7 foiz) va turar-joy ko‘chmas mulki (14,7 foiz) narxlari eng kam o‘sdi. 

Turkiya Markaziy bankining yangi rahbariyati inflyatsiyani pasaytirishga erishish asosiy vazifa ekanini e’lon qildi. Buning uchun bank 2021 yil mart oyidan beri birinchi marta asosiy stavkani oshirish va pul-kredit siyosatini kuchaytirishga kirishdi. Bundan tashqari, Markaziy bank valyuta zaxiralarini ko‘paytirishni boshladi. Turkiya iqtisodiy nashrlarining yozishicha, rasmiylar lira kursini ushlab turish uchun valyuta intervensiyalaridan bosh tortmoqda.


Tanlangan kalimalar: #inflyatsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar