Joriy yilda Turkiyaga 42 milliondan ortiq sayyoh keldi

2022 yilning 11 oyida Turkiyaga 42 million 164 ming 954 nafar xorijlik tashrifchi keldi. Madaniyat va turizm vazirligi turizm statistikasini eʼlon qildi.

1922942
Joriy yilda Turkiyaga 42 milliondan ortiq sayyoh keldi

 

2022 yilning 11 oyida Turkiyaga 42 million 164 ming 954 nafar xorijlik tashrifchi keldi.

Madaniyat va turizm vazirligi turizm statistikasini eʼlon qildi.

Madaniyat va turizm vazirligining 2022 yil yanvar-noyabr oylari maʼlumotlariga koʻra, Turkiyaga oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 84,77 foiz ortib 42 million 164 ming 954 nafar xorijlik tashrif buyurdi.

Noyabr oyida chet ellik ziyoratchilar soni o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 44,64 foiz ortib, 2 million 551 ming 483 nafarga yetdi.

Eng ko'p tashrif buyurgan davlatlar reytingida Germaniya 5 million 481 ming 385 ziyoratchi bilan birinchi, Rossiya 4 million 945 ming 198 tashrif bilan ikkinchi, Angliya esa 3 million 301 ming 112 ziyoratchi bilan uchinchi o'rinni egalladi. Buyuk Britaniyadan keyin Bolgariya va Eron joy oldi.

2022-yil noyabr oyida Turkiyaga eng koʻp tashrif buyurgan mamlakatlar reytingida Rossiya 312 ming 486 kishi bilan birinchi, Bolgariya 232 ming 709 kishi bilan ikkinchi, Germaniya 207 ming 340 kishi bilan uchinchi oʻrinni egalladi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Madaniyat , #Turizm , #Turkiya

Aloqador xabarlar