Sentyabr oyida Istanbulga 1 mln 600 mingdan ortiq sayyoh keldi

Viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 9 oyida shaharga 11 million 787 ming 834 nafar sayyoh tashrif buyurgan.

1899568
Sentyabr oyida Istanbulga 1 mln 600 mingdan ortiq sayyoh keldi

 

Sentyabr oyida Istanbulga kelgan sayyohlar soni o'tgan yilning shu davriga nisbatan 64 foiz ortib, 1 million 607 ming 45 nafarga yetdi.

Viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 9 oyida shaharga 11 million 787 ming 834 nafar sayyoh tashrif buyurgan.

Istanbulga sentyabr oyida 1 million 607 ming 45, o'tgan yilning shu oyida esa 975 ming 916 sayyoh keldi.

Shunga ko'ra, sentyabr oyida sayyohlar soni 2021 yilning shu oyiga nisbatan 64 foizga oshdi.

Sentyabr oyida Istanbulga kelgan sayyohlar orasida ruslar 170 ming 230 kishi bilan birinchi o'rinni egalladi.

 

Turkiyaga quyidagi davlatlardan kelgan sayyohlar ro'yxati: 

Germaniya - 114 ming 439 sayyoh,

Eron - 110 ming 539,

AQSh - 77 ming 39,

Britaniya - 58 ming 28,

Saudiya Arabistoni - 53 ming 804,

Iroq - 50 ming 244,

Fransiya - 42 ming 798

Isroil - 41 ming 117

Quvayt - 34 ming 282

Iordaniya - 33 ming 969

Italiya - 33 ming 277

O‘zbekiston - 33 ming 64

Ozarbayjon - 31 ming 140

Qozog‘iston - 31 ming 78 


Tanlangan kalimalar: #Istanbul

Aloqador xabarlar