Ziraat banki Rossiyaning “Mir” kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi

Ziraat bankidan tashqari davlatga qarashli "Halkbank" va "Vakıf Bank" ham Rossiya to‘lov tizimidan foydalanishni to‘xtatishga qaror qilgan.

1886445
Ziraat banki Rossiyaning “Mir” kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi

 

Turkiyaning Ziraat banki Rossiyaning “Mir” to‘lov tizimining mamlakatdagi kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi.

“Bloomberg” nashriga ko‘ra,  Ziraat bankidan tashqari davlatga qarashli "Halkbank" va "VakıfBank" ham Rossiya to‘lov tizimidan foydalanishni to‘xtatishga qaror qilgan.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning fikriga ko‘ra, Kreml Turkiya davlat banklarining G‘arbning misli ko‘rilmagan bosimi tufayli Rossiyaning “Mir” to‘lov tizimidan voz kechish qarorini majburiy deb biladi.

Ma’lumot uchun, Vashington Rossiyaning milliy to‘lov kartalari tizimi va “Mir” tizimidan Rossiyadan tashqarida foydalanishni qo‘llab-quvvatlaganlik uchun ikkilamchi sanksiyalarni qo‘llashga tayyorligi AQSH moliya vazirligi tomonidan sentyabr oyi o‘rtalarida e’lon qilingandi.

Eslatish joizki, kuni kecha Turkiyadagi ikki yirik xususiy banklar – “Iş bank” va “Denizbank” ham Rossiyaning “Mir” to‘lov tizimidan foydalanishni to‘xtatganini ma’lum qilgan edi.



Aloqador xabarlar