Turkiyaning Is Bankasi va DenizBank “Mir” to‘lov kartasida xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi

"16 sentyabr kuni “Mir” to‘lov kartalariga xizmat ko‘rsatishni  to‘xtatish haqida qaror qabul qilindi", — deb ma’lum qildi Iş Bankasining ma’lumot markazi.

1883833
Turkiyaning Is Bankasi va DenizBank “Mir” to‘lov kartasida xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi

 

Turkiyaning yirik banklaridan hisoblangan Iş Bankasi va DenizBank Rossiyaning “Mir” to‘lov kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatganini tasdiqladi.

"16 sentyabr kuni “Mir” to‘lov kartalariga xizmat ko‘rsatishni  to‘xtatish haqida qaror qabul qilindi", — deb ma’lum qildi Iş Bankasining ma’lumot markazi.  

Xabarda ushbu qaror AQSH va Buyuk Britaniyaning Rossiyaga qarshi joriy qilgan sanksiyalari tufayli qabul qilingani aytilmoqda.  
O‘z navbatida,  Deniz bankining mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati ham bankomatlari “Mir” kartalarini qabul qilmasligini va ushbu kartada amaliyotlar amalga oshirilmasligini ma’lum qilgan.  

Avvalroq, Financial Times nashri AQSH “Mir” to‘lov tizimiga xizmat ko‘rsatayotgan Turkiya banklariga bosim o‘tkazayotgani haqida yozgan edi.

Xabarda ta’kidlanishicha, Vashington ushbu hamkorlik  Moskvaning “g‘arb sanksiyalaridan chetlab o‘tishiga” imkon berishidan xavotir olmoqda.  


Tanlangan kalimalar: #İş bankası , #Turkiya

Aloqador xabarlar