O‘zbekiston xorijdan baliq import qilishni ko‘paytirdi

2022-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 48 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 6,1 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan.

1881033
O‘zbekiston xorijdan baliq import qilishni ko‘paytirdi

 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berishicha, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 48 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 6,1 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan.

2022-yilning 7 oyida O‘zbekiston eng ko‘p baliq va dengiz mahsulotlarini import qilgan davlatlar:

- Rossiya – 2,9 ming tonna

- Vetnam – 905 tonna

- Latviya – 822 tonna

- Qozog‘iston – 435 tonna

- Norvegiya – 327 tonna

- Litva – 322 tonna

- Xitoy – 41,4 tonna

- Turkiya – 35 tonna


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston

Aloqador xabarlar