Türkiye iqtisodiyotida o‘sish qayd etildi

Yilning ikkinchi choragida Türkiye iqtisodiyotida o‘sish qayd etildi.

1874385
Türkiye iqtisodiyotida o‘sish qayd etildi

Yilning ikkinchi choragida Türkiye iqtisodiyotida 7,6 foiz o‘sish qayd etildi. 

Türkiye Statistika qo‘mitasi (TUIQ) joriy yilning ikkinchi choragi (aprel-iyun) ustidan yalpi ichki mahsulot (YaIM) natijalarini e’lon qildi.

Shunga ko‘ra Türkiye iqtisodiyoti ikkinchi chorakda kutilganidan oshib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7.6 foizga o‘sgan.

Eng yuqori o‘sish 26,6 foiz bilan moliya va sug‘urta faoliyatida qayd etilgan.

Xizmat ko‘rsatish sohasida o‘sish 18,1 foizni, kasbiy, ma’muriy va yordamchi xizmat ko‘rsatish faoliyatida esa 11 foizni tashkil etgan.

Sanoatdagi o‘sish esa 7,8 foiz deb qayd etilgan.



Aloqador xabarlar