Turkiyadan O‘zbekistonga 3,6 ming tonna tovuq go‘shti eksport qilindi

Turkiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi aytildi.

1864361
Turkiyadan O‘zbekistonga 3,6 ming tonna tovuq go‘shti eksport qilindi

 

Turkiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi aytildi. Davlat statistika qo‘mitasi bu haqda ma'lumot berdi.

Qo‘mita xabariga ko'ra, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-iyun oylarida Turkiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmida tovuq go‘shti yetakchi pozitsiyani egallab turibdi – 3,6 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan tovarlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • mandarin – 3 ming tonna;
  • makkajo‘xori – 2 ming tonna;
  • kakao va shokolad – 1,2 ming tonna;
  • olma – 993 tonna;
  • qandolat mahsulotlari – 709 tonna;
  • margarin mahsulotlari – 591 tonna;
  • sut mahsulotlari – 350 tonna;
  • banan – 197 tonna.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar