Turkiyadan Xitoyga 61 million dollarlik tovuq go'shti eksport qilindi

Turkiyadan Xitoyga tovuq go'shti eksporti iyun oyi holatiga ko'ra, oxirgi 12 oyda 353 foiz ortib, 61 million dollarga yetdi.

1860644
Turkiyadan Xitoyga 61 million dollarlik tovuq go'shti eksport qilindi

 

Turkiyadan Xitoyga tovuq go'shti eksporti iyun oyi holatiga ko'ra, yillik 353 foiz ortib, 61 million dollarga yetdi.

Istanbul Baliqchilik va go'sht mahsulotlari eksportchilari uyushmasi (İSHİB) tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, baliq mahsulotlari va go'sht mahsulotlari sektori Xitoyda parrandachilik mahsulotlari eksportini oshirmoqda.

Baliqchilik va go'sht mahsulotlari sektori eksporti joriy yilning birinchi yarmida 34 foizga oshib, 2 milliard 52 million dollarga yetdi. Dastlabki 6 oyda eng ko'p eksport qilingan uchta mahsulot tovuq go'shti, sut, qaymoq va levrek balig'i bo'ldi.

Tovuq go‘shti eksporti 54 foizga oshib 248 million dollarga, qaymoq 86 foizga oshib 133 million dollarga, levrek balig'i 17 foizga oshib 131 million dollarga yetdi.

Tovuq go'shti eksporti bo'yicha katta salohiyatga ega bo'lgan Xitoyda yuqori o'sishga erishildi.

Turkiyadan Xitoyga tovuq go'shti eksporti iyun oyi holatiga ko'ra, oxirgi 12 oyda 353 foiz ortib, 61 million dollarga yetdi.


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #Turkiya

Aloqador xabarlar