Antaliyaga havo yo‘li orqali kelgan sayyohlar soni 6 milliondan oshdi

Antaliyaga havo yo‘li orqali kelgan sayyohlar sonida oxirgi ikki yilga nisbatan ortish qayd etildi.

1859691
Antaliyaga havo yo‘li orqali kelgan sayyohlar soni 6 milliondan oshdi

Bu yil havo yo‘li orqali Antaliyaga kelgan sayyohlar soni 6 million 133 ming 463 nafarga yetdi.

Shahar hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘rta yer dengizining eng muhim turizm markazlaridan biri bo‘lgan shaharda, bu yilning 1-yanvaridan 24-iyuligacha havo yo‘li orqali kelgan sayohlar soni o‘tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 107 foizga ortgan. Bu orqali bu yil nomi tilga olingan vaqt mobaynida kelgan sayyohlar soni 6 million 133 ming 463 nafar deb qayd etilgan.

Antaliyaga bu davrda havo yo‘li orqali kelgan sayyohlar soni 2020 va 2021 yillarga solishtirganda, u yillarda kelgan sayyohlarning jami sonidan ham o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

Shahar, 2020-yilning 1-yanvaridan 24-iyuligacha 682 ming 148 kishini, 2021-yilda esa 2 million 959 ming 717 kishini mehmon qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Antaliya , #turizm markazlari , #sayyohlar

Aloqador xabarlar