Antaliyaga kelgan sayyohlar sonida ortish qayd etildi
Antaliya - betakror sohillari, tarixiy va tabiiy go‘zalliklari bilan Turkiyaning eng muhim turizm markazlaridan biridir.
Bu yil Antaliyaga havo yo‘li orqali kelgan sayyohlar soni 3 milliondan oshdi.
Dengizi, qumi, quyoshi va tabiiy go‘zalliklari bilan mahalliy va chet ellik sayyohlarning e’tiborini o‘ziga jalb etgan Antaliyada turizm faolligi ortishda davom etmoqda.
Viloyatdagi Madaniyat va turizm boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yilning 1-yanvaridan 12-iyunigacha havo yo‘li orqali shaharga kelgan sayyohlar soni 3 million 104 ming 300 nafarni tashkil etgan.
O‘tgan yilning shu davrida 949 ming 182 kishiga quchoq ochgan Antaliyada, bu yil sayyohlar sonida 227 foiz ortish kuzatildi.
Iyun oyining dastlabki 12 kunida esa shaharga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 241 foizlik ortish bilan 688 ming 993 nafar sayyoh keldi.
Aloqador xabarlar
Turkiya may oyida eksport bo'yicha rekordni yangiladi
Savdo vaziri O'mer Bolat Istanbulda may oyi tashqi savdo ko'rsatgichlarini e'lon qildi.