Qora dengizdagi gaz zaxiralari 45 yilga yetadi

Turkiya Qora dengizdan gaz qazib olish va uni tashishga qariyb o‘n milliard dollar sarflashni rejalashtirgan.

1823551
Qora dengizdagi gaz zaxiralari 45 yilga yetadi

 

Qora dengizdagi gaz zaxiralari 45 yilga yetadi.

Bu haqda Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari o‘rinbosari, sobiq bosh vazir Binali Yildirim ma'lum qildi.

"Hozirda Qora dengizdagi gaz zaxiralari miqdori 540 milliard kub metr deb baholanmoqda. Bu faqat boshlanishi, yana davom etadi. Qora dengiz dunyodagi gazga bo‘lgan ehtiyojni 45 yil davomida qoplay oladi", — dedi u. 

O‘z navbatida, Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do‘nmaz OAVga bergan intervyusida mamlakat 2023 yil boshlarida mazkur konlardan foydalanishni boshlashini aytdi. 

Turkiya Qora dengizda yirik gaz zaxiralari topilganini 2020 yilda ma’lum qilgandi. Sakarya konidagi gaz miqdori 400 milliard kub metrdan ortiqroq ekanligi aytilgan.

Ma’lum qilinishicha, Turkiya Qora dengizdan gaz qazib olish va uni tashishga qariyb o‘n milliard dollar sarflashni rejalashtirgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #tabiiy gaz , #Qora dengiz

Aloqador xabarlar