Turkiyadan yo‘lga chiqqan to‘rtinchi “Yaxshilik poyezdi” Afg‘onistonga yetib bordi

Anqaradan 30-mart kuni yo‘lga chiqqan "Yaxshilik poyezdi", Turkmaniston chegarasidagi Turgundi chegara darvozasi orqali Afg‘onistonga kirib bordi.

1814055
Turkiyadan yo‘lga chiqqan to‘rtinchi “Yaxshilik poyezdi” Afg‘onistonga yetib bordi

Turkiya Tabiiy ofat va favqulodda vaziyat yetakchiligi (AFAD) koordinatsiyasida turli nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida uyushtirilgan va insonparvarlik yordam ashyolarini tashigan navbatdagi “Yaxshilik poyezdi” Afg‘onistonga yetib bordi.

Poytaxt Anqaradan 30-mart kuni yo‘lga chiqqan 1478 tonnalik insonparvarlik yordam ashyosini tashigan poyezd, Turkmaniston chegarasidagi Turgundi chegara darvozasi orqali Afg‘onistonga kirib bordi.

Turgundi chegara darvozasida uyushtirilgan marosimda Turkiyaning Hirot Bosh konsuli Sinan Ilhan, AFAD, Turk Qizil yarim oy jamiyati, Afg‘oniston Qizil yarim oy jamiyati vakillari, TIKAning (Turk Hamkorlik va koordinatsiya agentligi) Hirot koordinatori Arafat Deniz va afg‘onistonlik rasmiylar ishtirok etdi.

AFAD Xalqaro insonparvarlik yordami guruh rahbari Burhan Aslan, “Yaxshilik poyezdi”da ko‘proq oziq-ovqat mahsulotlari borligini qayd etdi.  

Yordam ashyolarining Hirotda alohida-alohida o‘ralib, tarqatishga tayyor holga keltirilganini ifoda etgan Aslan, barcha viloyatlardagi yordamga muhtoj insonlarga 70 kilogramlik paketlar tarqatilishini bildirdi.

Turkiya, Eron va Turkmaniston tuproqlaridan o‘tib Afg‘onistonga yetib borgan “Yaxshilik poyezdi” 4 ming 168 kilometr yo‘lni bosib o‘tdi.  


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Afg‘oniston , #AFAD , #Yaxshilik poyezdi

Aloqador xabarlar