THY 1 mlrd 605 mln dollarlik qiymat bilan Turkiyaning eng qimmat brendiga aylandi

Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni “Arçelik!” kompaniyasi 1 milliard 585 million dollarlik brend bilan egallagan bo‘lsa, keyingi pog‘onada “İş Bank” (1 milliard 193 million). To‘rtinchi o‘rinda Turkiya moliyaviy xizmatlar kompaniyasi –  “Garanti BBVA” banki bor.

1798553
THY 1 mlrd 605 mln dollarlik qiymat bilan Turkiyaning eng qimmat brendiga aylandi

 

Turkiyada ishlab chiqarish korxonalari va mashxur brend ostida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar ko‘p. Har yili eng nomdor, brendi butun dunyoga ma’lum tashkilotlar ruyxati e’lon qilinadi. Misol uchun, Turkiya milliy avia tashuvchisi, “Turkish Airlines” shirkati mamlakatning eng qimmat brendlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. 

“Brand Finance” xalqaro tahlil agentligi tadqiqotiga ko‘ra, Turkiya havo yo‘llari 2021 yil 1 milliard 605 million dollarlik qiymat bilan Turkiyaning eng qimmat brendiga aylandi.

Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni “Arçelik!” kompaniyasi 1 milliard 585 million dollarlik brend bilan egallagan bo‘lsa, keyingi pog‘onada “İş Bank” (1 milliard 193 million). To‘rtinchi o‘rinda Turkiya moliyaviy xizmatlar kompaniyasi –  “Garanti BBVA” banki 1 milliard 190 million dollar bilan joylashdi.

“Turkcell” mobil aloqa operatori (1 milliard 61 million), “Ziraat Bank” (952 million), “Akbank” (917 million), “Yapı Kredi” (836 million), “Türk Telekom” (789 million) va “Ford Otosan” (787 million) ham kuchli o‘nlikda e’tirof etilgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #THY

Aloqador xabarlar