Gazpromning tabiiy gaz eksporti 28,5 foizga kamaydi

Gazprom tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, kompaniyaning joriy yilning 2,5 oyida tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan o'zgarmagan, eksporti esa pasaygan.

1796346
Gazpromning tabiiy gaz eksporti 28,5 foizga kamaydi

 

Rossiya energiya shirkati Gazprom tabiiy gaz eksportining 1-yanvardan 15-martgacha o'tgan yilning shu davriga nisbatan 28,5 foizga kamayganini ma'lum qildi.

Gazprom tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, kompaniyaning joriy yilning 2,5 oyida tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan o'zgarmagan, eksporti esa pasaygan.

Ma'lumotlarga ko'ra, kompaniyaning tabiiy gaz ishlab chiqarishi 111,5 milliard kub metrni tashkil etdi.

Mazkur davrda kompaniyaning Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH)dan tashqaridagi mamlakatlarga tabiiy gaz eksporti o'tgan yilning shu davriga nisbatan 28,5 foizga kamayib, 30,7 milliard kub metrni tashkil etdi.

Yilning 2,5 oyida o'tgan yilning shu davriga nisbatan Turkiyaga 21,1 foiz, Italiyaga 51,7 foiz, Polshaga 71,8 foiz, Xorvatiyaga 110,9 foiz va Gretsiyaga 34 foiz eksport qilingan.

Bayonotda, Yevropada yer osti tabiiy gaz omborlarini to'ldirish darajasi 26,2 foizga teng ekanligi ta'kidlandi. 
 


Tanlangan kalimalar: #Gazprom

Aloqador xabarlar