THY Ukrainaga uyushtirgan barcha qatnovlarini bekor qildi

Turk Havo yoʻllari (THY), Ukrainaga uyushtirgan barcha qatnovlarini bekor qilganini ma'lum qildi.

1784175
THY Ukrainaga uyushtirgan barcha qatnovlarini bekor qildi

Turk Havo yoʻllari (THY), Ukraina havo hududining yopilishi munosabati bilan mamlakatga uyushtirgan barcha qatnovlarini bekor qilganini ma’lum qildi.

THY Bosh direktori Bilal Ekshi, oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bergan bayonotda:

“Ukraina havo hududining yopilishi munosabati bilan bugungi barcha Ukraina safarlarimiz bekor qilindi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

THY Ukrainada poytaxt Kiyev, Xerson, Xarkov, Lvov, Nikolayev, Odessa va Zaporijye shaharlariga oʻzaro qatnov yoʻlga qoʻyayotgandi.



Aloqador xabarlar