Istanbul aeroporti ikkinchi marotaba “Yilning eng yaxshi aeroporti” deb tanlandi

Istanbul aeroporti shu bilan ikkinchi marotaba “Yilning eng yaxshi aeroporti” deb tanlandi.

1777171
Istanbul aeroporti ikkinchi marotaba “Yilning eng yaxshi aeroporti” deb tanlandi

Istanbul aeroporti “Air Transport Awards” mukofotlarida bu yil ham “Yilning aeroporti” deb tanlandi.

IGA tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra Istanbul aeroporti, “Air Transport Awards” doirasida 14 toifada baholanib, natijada, ketma-ket ikkinchi marotaba “Yilning eng yaxshi aeroporti” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Mukofatni Gretsiyada uyushtirilgan marosim chog‘ida Istanbul aeroporti nomidan shirkat raisi Kadri Samsunlu oldi.

Samsunlu mavzu haqidagi bayonotida, yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasiga qaramay o‘z vazifalarini muammosiz, eng muhimi uzluksiz bajarganliklarini belgilab o‘tgan holda quyidagi ifodalarga o‘rin berdi:

“«Air Transport Awards» mukofotlarida ketma-ket ikki yil «Yilning eng yaxshi aeroporti» mukofatini olish faxrlantiradi insonni. Bu qimmatbaxo mukofatni, dunyodagi ko‘plab aeroportni ortda qoldirib, ikkinchi marotaba olayotganimiz, Istanbul aeroportining aslida qanchalik to‘g‘ri loyiha ekanidan dalolat beradi”.

«Air Transport Awards» mukofatlarini uyushtirgan «Air Transport News» raisi Kostas Iatrou ham IGA Istanbul aeroportining oxirgi 2 yilda sezilarli darajada chidamlilik va samaradorlik ko‘rsatganini ta’kidlab, bunyod etilishida hissasi bor hammani tabrikladi.

 



Aloqador xabarlar