Gruziya Turkiyadan dori vositalarini import qiladi

Gruziya Bosh vaziri Irakli Garibashvili o'z mamlakatining farmatsevtika bozoriga Turkiyadan import qilinadigan dori vositalarini kiritish haqidagi farmonni imzoladi.

1763735

Garibashvili poytaxt Tbilisida Vazirlar Kengashi yig'ilishining ochilishida so'zlagan nutqida dori narxlarini pasaytirish va sifatli dori-darmonlarni mamlakatga olib kirish uchun Turkiyadan farmatsevtika mahsulotlarini xarid qilishga qaror qilganligini ma’lum qildi.

“Biz bugun hukumat qarorini imzoladik, endilikda Turkiyadan yuqori sifatli jahon standartlariga mos dori vositalari olib kelinadi”,-dedi Gruziya Bosh vaziri.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya bilan Gruziya o'rtasida dori narxlarida katta farq bor, ayniqsa, eng ko'p talab qilinadigan dori-darmonlar Turkiyada Gruziyaga qaraganda ancha arzon.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Gruziya

Aloqador xabarlar