O‘zbekiston iqtisodiyoti joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 6,9 foizga o‘sdi

Oʻzbekiston Davlat statistika qoʻmitasi 2021-yilning yanvar-oktyabr oylari uchun mamlakat iqtisodiyotining oʻsish maʼlumotlarini eʼlon qildi.

1736977
O‘zbekiston iqtisodiyoti joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 6,9 foizga o‘sdi

 

O‘zbekiston iqtisodiyoti joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 6,9 foizga o‘sdi.

Oʻzbekiston Davlat statistika qoʻmitasi 2021-yilning yanvar-oktyabr oylari uchun mamlakat iqtisodiyotining oʻsish maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Shunga ko‘ra, joriy yilning o‘n oyida mamlakatda yalpi ichki mahsulot (YaIM) 6,9 foizga oshdi.

Shu davrda xizmat ko‘rsatish sohasi 19,4 foiz, chakana savdo 10,5 foiz, sanoat tarmog‘i 9,5 foiz, tashqi savdo hajmi 8,5 foiz, qurilish sohasi 5,1 foizga o‘sdi.

Koronavirus epidemiyasigacha 5-6 foizni tashkil etgan O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘rtacha yillik o‘sishi 2020-yilda epidemiya tufayli 1,6 foizni tashkil etgandi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston

Aloqador xabarlar