Turkiyaning limon eksporti 7 oyda 59 foizga ortdi

Turkiyaning limon eksportida oʻtgan yilga nsbatan ortish kuzatildi.

1690678
Turkiyaning limon eksporti 7 oyda 59 foizga ortdi

Turkiyaning limon eksporti 7 oy ichida 59 foizga ortgan holda undan 147 million 964 ming dollar daromad qoʻlga kiritildi.

Oʻrta yer dengizi eksportchilari uyushmasi ma’lumotiga koʻra, sitrus mevalari boʻyicha joriy yilning yanvar oyidan iyul oyigacha 734 ming 791 tonna eksport amalga oshirildi. Bu davrda qoʻlga kiritilgan 382 million dollarlik daromadga eng koʻp limon eksporti hissa qoʻshdi.

Yanvar oyidan iyul oyigacha 286 ming 855 tonna limon eksporti evaziga ,147 million 964 ming dollar chet el valyutasi olindi.

Limon eksporti oʻtgan yilning yanvar-iyul oylarini oʻz ichiga olgan davrga nisbatan miqdor boʻyicha 91, qiymatida esa 59 foizga ortdi.

Eksportda limondan keyingi oʻrinni 141 million 982 ming dollar bilan mandarinlar; 51 million 229 ming dollar bilan greyfurtlar; 40 million 827 ming dollar bilan apelsinlar kuzatdi.

Limon eksporti asosan Rossiya, Iroq, Ruminiya, Ukraina va Serbiyaga yoʻlga qoʻyildi.



Aloqador xabarlar