Turkiyada chet elliklarga uy-joy sotishlarda ortish qayd etildi

Bu yilning birinchi yarmida Turkiya chet elliklarga oʻtgan yilning huddi shu davriga nisbatan yana-da koʻproq uy sotgan.

1674036
Turkiyada chet elliklarga uy-joy sotishlarda ortish qayd etildi

Bu yilning birinchi yarmida Turkiyada chet elliklarga sotilgan turar joylar soni oʻtgan yilning huddi shu davriga nisbatan 44 foizga oʻsib, 20 ming 488 ga chiqar ekan bu raqam bugungacha eng yaxshi yanvar-iyun natijalari sifatida qabul qilindi.

Turkiya Statistika qoʻmitasidan olingan ma’lumotlarga koʻra sotishlar yanvar oyida 2 ming 675, fevral oyida 2 ming 964, mart oyida 4 ming 248, aprel oyida 4 ming 77, may oyida 1776 va iyun oyida esa 4 ming 748 deb qayd etildgan.

Bu orqali chet elliklarga oʻtgan yilning huddi shu davriga nisbatan 44 foiz ortiqcha uy sotilgan (20 ming 488).

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davrida 14 ming 262 tani tashkil etgan.

Yanvar-iyun oylarida chet elliklarga eng koʻp Istanbul (10 ming 108), Antaliya (3 ming 990), Anqara (1276), Mersin (951) va Yalovadan (584) uy sotilgan.

Ushbu davrda eng koʻp uyni esa(3070) eronliklar xarid qilib olgan.

Eronliklarni Iroq (3 ming 19), Rossiya (1 759), Afgʻoniston (1277) va Germaniya (726) fuqarolari kuzatgan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #chet elliklar , #turar joy

Aloqador xabarlar