Gazprom tabiiy gaz eksportidan tushgan daromadini 46.8 foizga oshirdi

Gazprom kompaniyasi joriy yilning dastlabki 4 oyi davomida tabiiy gaz eksportidan tushgan daromadini 13 mlrd dollarga yetkazdi.

1654581
Gazprom tabiiy gaz eksportidan tushgan daromadini 46.8 foizga oshirdi

 

Gazprom kompaniyasi joriy yilning dastlabki 4 oyi davomida tabiiy gaz eksportidan tushgan daromadini 13 mlrd dollarga yetkazdi.

Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 46.8 foiz ko’p demakdir.

Rossiya federal bojxona xizmati ma’lum qilishicha, Gazprom kompaniyasining quvur tarmoqlari orqali amalga oshirgan tabiiy gaz eksporti hajmi yanvar-aprel oylari davomida o’tgan yilning mos davriga nisbatan 15.9 foizga oshib, 74.8 mlrd kub metrni tashkil qildi.

Ushbu davrda kompaniyaning tabiiy gaz eksportidan tushgan daromadi 46.8 foizga oshib, 13 mlrd dollarga yetdi.

Gazpromning 1000 kub metr tabiiy gaz eksporti narxi aprelda 185.5 dollarga oshgandi. 1000 kub metr tabiiy gaz eksporti narxi mart oyida 172.7 dollar edi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #tabiiy gaz , #Gazprom

Aloqador xabarlar