Turk choy eksporti ikki oyda 3 million 133 ming dollar daromad olib keldi

Turk choy eksporti yilning birinchi ikki oyida 3 million 133 ming dollar daromad olib keldi.

1601723
Turk choy eksporti ikki oyda 3 million 133 ming dollar daromad olib keldi

Turk choy eksporti yilning birinchi ikki oyida 3 million 133 ming dollar daromad olib keldi.

Sharqiy Qora dengiz Eksportchilar uyushmasi ma’lumotiga ko‘ra 2021 - yilning yanvar - fevral oyida dunyoning 72 davlatiga 785 tonna choy eksport qilingan. Nomi tilga olingan eksportdan 3 million 133 ming 816 dollar daromad qo‘lga kiritilgan.

Belgiya, Germaniya va Amerika Qo‘shma Shtatlari eng ko‘p choy eksport qilingan davlatlar deb qayd etildi. Turkiyaning yilning birinchi ikki oyida Belgiyaga 1 million 308 ming 677, Germaniyaga 300 ming 244 va Amerika Qo‘shma Shtatlariga esa 233 ming 972 dollarlik choy sotilgan.

O‘tgan yildan farqli olaroq bu yil Avstriya, Livan, Ruminiya, Qirg‘iziston, Uganda, Mo‘g‘uliston, Jazoir, Xorvatiya, Misr, Gabon, Yangi Zelandiya, Liberiya, Bahrayn, Paragvay, Benin, Filippin, Bagama orollari, Mavritaniya, Panama, Ispaniya, Serbiya va Senegalga ham choy yuborilgan.


Tanlangan kalimalar: #Turk choy eksporti , #choy eksporti

Aloqador xabarlar