Aksungur UHV, 49 soatlik parvozi bilan katta muvaffaqiyatga imzo chekdi

Aksungur UHV (Uchuvchisiz havo vositasi) 49 soatlik qo‘nishsiz parvozni amalga oshirdi.

1484254
Aksungur UHV, 49 soatlik parvozi bilan katta muvaffaqiyatga imzo chekdi

Aksungur UHV (Uchuvchisiz havo vositasi) 49 soatlik qo‘nishsiz parvozni amalga oshirdi.

Turkiya aviatsiya va kosmos sanoati (TUSAŞ) tomonidan Twitter orqali qoldirilgan postga ko‘ra 59 – sinov parvozini amalga oshirgan Aksungur parvozining umumiy vaqti 230 soatni tashkil etdi. Aksungur, oxirgi parvozida 49 soat qo‘nishsiz parvoz qayd etdi.   

Bu vaziyat, “49 soat qo‘nishsiz parvoz orqali 59 – sinovini tamomlagan Aksungur, 20 ming fut balandlikda oy – yulduzli bayrog‘imizning rasmini chizdi. Hammasi vatan uchun!” degan ifodalar bilan bo‘lishildi.

O‘rta balandlikda og‘ir yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan ikki dvigatelli Aksungurning, 40 ming fut balandlikkacha uzoq muddat xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda.

Anka platformasi ustidan yaratilgan UHV bu orqali qisqa vaqtda, maqul narx bilan ishlab chiqairldi.  



Aloqador xabarlar